Özbek milliy taomlari dunyodagi eng hayratlanarli va mazali oshxona sifatida köp bora tilga olingan. Albatta, bunda oşpazlarimizning ham örni beqiyos. Zero, aynan ular tufayli milliy taomlarimizni bir bora tatib köriş uçun Özbekistonga taşrif buyuradigan sayyohlar soni köp.
Bugungi kunda milliy taomlarimizning eng mohir oşpazlaridan biri sifatida e'tirof etiluvçi Bahriddin Chustiy haqida eşitmagan insonning özi yöq. «Oshxona.uz» brendi ostidagi umumiy ovqatlaniş tarmoği: «Oshxona.uz» (Toşkent, Namangan), Chustiy’s Cuisine, Tez Food kafelariga egalik qiluvçi maşhur oşpaz köplab taniqli davlat arboblari, siyosatçilar uçun özbek milliy taomlarini tayyorlab bergan, turli xalqaro tanlovlarda bir neça marta ğolib çiqqan.
KUN.UZ tahririyati Bahriddin Chustiy bilan intervyu uyuştiriş maqsadida uçraşdi. Muloqot davomida turli dolzarb masalalar böyiça ajoyib suhbat bölib ötdi.
Rekord palov haqida
Özbek palovini Ginnessning rekordlar kitobiga kiritiş fikri 2010 yil xayolga kelgan edi. Harakatlarni 2011 yilda Xuşnudbek Xudayberdiyev bilan birga boşlagandik. U paytda men Turkiyada, u Toşkentda edi va ingliz tiliga tarjima qilib, Ginness rekordlar kitobining taşkilotçilari bilan aloqaga çiqqan edi. Oradan 4-5 oy ötib, birinçi javob xatini oldik. Unda şunday şartlar bor ediki, tayyorlanadigan taom guruçli bölişi şart, palov degan nominatsiya yöq, u bir idişda qilinişi şart va taomning 80 foizi guruçdan iborat bölişi kerak edi. Biroq, öşanda bu narsa biroz töxtab qoldi. 2014 yoki 2015 yilda Ginnessda şartlar biroz özgardi: guruçli taom nominatsiyasi qoldi, lekin xohlagança mahsulot solişga ruxsat berildi. Söng yana maktub yozdik. Javobni olganimizdan söng, Özbekistondagi oşpazlar, tadbirkorlar, sarmoyadorlar bilan körişdik hamda bu narsani amalga oşiriş ustida maslahatlaşib oldik. Ular unça e'tibor qilişmadi. Iyul oylarida Milliy telekanal bilan «O‘zbegim» nomli loyiha qilgan edik. Söng öşa loyiha asosida milliy festivalni taşkil etişga hozirlikni boşlab yubordik.

Rekord bilan boğliq turli miş-mişlar
Bunday har xil gap-sözlardan boşida biroz ranjidim, tuşkunlikka tuşgan holatlarim ham böldi. Sababi Olmaliqda ilk marotaba repetitsiya qilganimizda şunday munosabatlar boşlangan edi. Şunday bölişi taxmin qilingandi va şuning uçun repetitsiya paytida bunga e'tibor qilmadim. Bu narsa isrof bölgan, degan fikrdan tamomila yiroqman. Çunki tadbir kuni Sayilgoh köçasiga norasmiy ma'lumotlarga köra, 150 ming odam kelgan. Oşimiz esa birma-bir tarqatganda 20 ming kişiga yetardi, xolos. Şunday ölçamdagi yana 7ta qozonda oş qilinganda ham isrof bölmasdi. Undan taşqari, palov muruvvat va saxovat uylari, nuroniylar uylariga tarqatildi. Bu degani – şunday qozondan yana 10ta bölsa ham ketardi. Odamlar juda köp keldi, hamma oş bilan ta'minlangan bölardi. Isrofga umuman yöl qöyilmadi. Qozon balki özbek oşxonasiga oid muzeydan joy olar. Aminmanki, kelasi safar yana şunday tadbirni mukammalroq qilib uyuştirib, balki pullik qilib, oldindan dasturlarni e'lon qilinsa, turli davlatlardan köplab sayyohlar taşrif buyuradi. Köpinça «Xalqqa bundan nima foyda?» deyişadi. Töğri, xalqqa qandaydir moddiy yoki ma'naviy foyda bölmasligi mumkin, lekin bundan birinçi navbatda davlat, yurt manfaatdor böladi. Qaçonki davlat manfaatdor bölsa, şundan keyingina xalqqa manfaat böladi. Köçat ötqazilgandan söng, u ertasigayoq meva bermaydi. Bu ekilgan nihol, qadalgan uruğ, u meva beradi.
Chustiy taxallusi haqida
Bundan 12-13 yil muqaddam turli ijtimoiy tarmoqlar bölmasdi, u paytlarda forumlar bor edi. Öşa yerlarda röyxatdan ötmoqçi bölganimda, barça tanlagan nikneymlar band edi. Söng şunday taxallusni oliş haqida fikr paydo böldi. Oradan ma'lum bir vaqt ötgaç, şu taxallus bilan qoldim. Aslida, bunga Çustdan bölganim sabab. Odamlarga Bahriddin deyilsa, köpçilik tanimaydi. Chustiy deyişsa darhol bilib olişadi. Internet ham bunga turtki bölgan.

Oşpazlik
Men heç qaçon va heç yerda oşpazlik sohasida ideallik, yetakçilikka da'vogarlik qilmagan va qilmayman ham. Faqat, boşqa oşpazlardan ozgina yutuqli tomonim – internetda özbek oşxonasi haqida gapiriş, yozişni sal oldinroq boşlaganim. Gohida oşpazlik faqat ayollar xos, degan gaplarni eşitib qolamiz. Şuni qöşimça qilib aytgan bölardimki, oşpazlik bilan pazandalikning farqi bor. Pazandalik bekalar va kundalik yumuş uçun, oşpazlik esa bu – kasb.
Bahriddin Chustiy bilan suhbat yana ança uzoq davom etdi. Mijozlar eng köp taşrif buyuradigan vaqtda KUN.UZ muxbiri bilan muloqot ötkazgan maşhur oşpazimiz bilan turli qiziqarli mavzular ustida dildan suhbat qurildi. Oşpazga özbek milliy oşxonasi obrösini yanada oşiriş böyiça işlarida omad tilab qolamiz.












