20 sentabr kuni Nyu-Yorkda Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyev bilan muloqot qilgan 18 vatandoşdan biri Nodir Zokirov uçraşuvdan keyingi taassurotlari bilan «Amerika Ovozi»ga örtoqlaşdi.
— Taxminan bir soat davom etgan uçraşuv juda samimiy böldi. Amerikada mehnat qilayotgan özbek vatandoşlari — turli soha egalari bilan qisqaça gaplaşib çiqildi. Öylaymanki, bu aynan yoş kadrlarga Prezident tomonidan e'tibor va ilm-fan sohasida işlayotgan kişilarning tajribasini Özbekistonga olib kelmoqçi bölgani juda ham e'tiborga molik, — dedi N.Zokirov.
— Prezident «qanday takliflar bor?» deb söraganida, ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlar respublikaning hamma joyida bir xil bölişini, jumladan poytaxt Toşkentda mavjud kommunal şaroitlar viloyatlarda ham bölişi kerakligini aytdim. Özim qöqonlik ekanligimni aytib, Qöqonda qiş mavsumida elektr energiyasi va gazda uziliş bölişini aytganimda, Prezident kulib, gapimni bölib: «Men özim Qöqonga kuyov hisoblanaman, u yerda şunday muammolar borligidan juda yaxşi xabardorman. Özim ham xijolat bölib yuraman. Bu yil Qöqonga gaz ham elektr çiroği ham uzluksiz yetkaziladi.», dedi.
Suhbatning töliq körinişini tomoşa qiling:










