AQŞ armiyasi qömondonligi "Rossiyaning gibrid uruşiga" qarşi jang qiliş strategiyasi böyiça qöllanma çiqardi, deb xabar bermoqda The National Interest naşri.

2016 yil dekabrda çop etilgan va yaqinda internetga joylaştirilgan "Yangi avloddagi rus uruşi böyiça ma'lumotnoma" deb atalgan bu qöllanmada Rossiyaning gibrid jangovar taktikasi va AQŞ harbiylari bunga qanday qarşilik körsata olişlari körib çiqilgan.

Ma'lumotnoma 68 sahifadan iborat bölib, unda asimmetrik uruş olib borişda qöllanişi mumkin bölgan va Rossiyaning "Ukraina va Qrimdagi operatsiyalarida" qöllangan harbiy texnikasi haqida ma'lumotlar va suratlar jamlangan. Hujjatda ta'kidlanişiça, bu operatsiyalarda maxsus operatsiyalar olib boruvçi kiçik bölinmalar, "mahalliy ayirmaçi guruhlarni qöllab-quvvatlovçi Rossiya qöşinlarining kiçik, yaxşi qurollangan tuzilmalari" iştirok etgan.

Qöllanmada Rossiyaning strategiyasi Rossiya qöşinlarining harbiy ğalabasiga emas, balki "mahalliy kuçlarni birlaştiriş yöli bilan tuzumni özgartirişga erişişga" asoslangani haqidagi xulosaga kelingan.

Qöllanmada ta'kidlanişiça, Rossiya jang maydonini uçuvçili va uçuvçisiz razvedka tizimlari yordamida raqib kuçini aniqlaş, söngra uni aviatsiya yoki artilleriya yordamida yöq qiliş uçun razvedka qilişda AQŞ tomondan qöllanadigan razvedka usulidan foydalanadi.

Şuningdek, Rossiyaning aralaş uruşdagi taktik operatsiyalari körib çiqilgan. Buning misoli sifatida, Ukraina şarqidagi harakatlar keltirilgan.

Naşrda Rossiya qurolli kuçlarining AQŞ kuçlari foydalanişi mumkin bölgan bir neça zaif joylari körsatilgan. Harbiy ekspertlarning fikriça, bu zaif joylar çaqiriq orqali safarbar qilingan rus askarlarida motivatsiya yöqligi, böş logistika tizimi va kuçli, biroq noaniq aviatsiya va artilleriya kömagi hisoblanadi. Şuningdek, Rossiya armiyasining kuçli tomonlari sifatida havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari va radioelektron kuraş vositalari aytib ötilgan. Biroq şu bilan birga Rossiya armiyasida yangi texnika yetişmasligi qayd qilingan.

Bundan taşqari, yöriqnomada AQŞ kuçlari radioelektron kuraş vositalari yordamida GPS va radioaloqa çastotalariga xalaqit beriş mumkin bölgan hozirgi şaroitlarda jang qilişni maşq qilişlari tavsiya qilingan.