Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 oktabr kuni Moskvada Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud bilan Yaqin Şarq hamda Şimoliy Afrikadagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti rasmiy saytida ma'lum qilingan.
«Tomonlar xalqaro muammolar mavzusida özaro fikr almaşişi kutilmoqda. Alohida e'tibor Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikadagi notinç vaziyatga qaratiladi. Muzokaralar yakunlarida qator qöşma hujjatlar imzolanadi», — deyilgan xabarda.
Qayd etilişiça, uçraşuv çoğida Rossiya-Saudiya Arabistoni hamkorligini kelgusida yanada rivojlantiriş masalalari muhokama etiladi, şuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqiladi.












