Yaponiya davlat yerlari, infratuzilma, transport va turizm vazirligi mamlakatning Kioto va Totigi prefekturalarida joylaşgan Nissan konsernining ikki zavodida tintuv ötkazişgan. Tintuv ötkazilişiga sabab sotuv oldidan avtomobillarning xavfsizlikka nisbatan sinov işlari qonunçilik talablariga javob bermagani bölgan, deb xabar beradi Reuters.

Xabar qilinişiça, Nissan xodimlari xavfsizlik tekşiruvini ötkaziş uçun yetarli malakaga ega bölişmagan. Yaponiya hukumatining bergan ma'lumotiga köra, korporatsiyaning 6 zavodida qoida buzilişlari röy bergan bölişi mumkin.

Nissan vakillari ötkazilgan tintuvlar haqidagi ma'lumotni tasdiqlaşgan. «Ayni paytda biz zavodlarimizdagi avtomobillarning xavfsizlik tekşiruviga oid suriştiruv işlarini olib bormoqdamiz», — degan kompaniya matbuot kotibi Nik Maksfild.

Ilgariroq Nissan rahbariyati 2014 yilning oktabridan boşlab işlab çiqarilgan 20ta turli modellarga oid 1,2 million maşinani çaqirib oliş kampaniyasi boşlanganini e'lon qilgan edi.