Rossiya bilan strategik hamkorlikni yölga qöyişda savdo aloqalarini rivojlantiriş ustuvor vazifa hisoblanadi. Rossiya bizning asosiy, eng yirik, birinçi raqamli hamkorimiz. Sönggi yillarda Özbekiston va Rossiya örtasidagi savdo aylanmasi deyarli 16 foizga ösdi. Bu juda muhim va ijobiy körsatkiç. Taşqi iqtisodiy aloqalar vaziri Elyor Ğaniyev Özbekiston-Rossiya biznes-forumida şunday bayonot bilan çiqdi.
"Bu 16 foiz bilan çeklanib bölmasligini hammamiz yaxşi anglab turibmiz. Sönggi sakkiz oydagi 3,1 milliard dollarlik tovar aylanmasi mamlakatlarimizning ulkan iqtisodiy salohiyatiga mutlaqo töğri kelmaydi.
Şu yilning özidayoq Özbekiston Rossiyaga sarxil meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berişni deyarli 30 foizga oşirdi. Bu rossiyalik riteylerlar, qişloq xöjalik mahsulotlari iste'molçilari bilan tizimli korporativ munosabatlarni örnatiş natijasidir.
"Özagroeksport" va "Özagrolayn" kompaniyalari örtasida umumiy savdo uyi yaratildi. Hukumat darajasida "yaşil yölak" yölga qöyilişiga doir kelişuv imzolandi. Bunda bojxona organlarimiz va karantin xizmati muhim rol öynadi. "Yaşil yölak" töliq işga tuşişi munosbati bilan mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlagan Rossiya hukumati va prezident Putinga minnatdorçilik bildiramiz.
Bugungi kunda meva-sabzavotlarni yetkazib beriş hajmini yiliga 800 million-1 milliardgaça oşiriş imkoni mavjud. Bu haqiqat. Biroq, afsuski, hozirça şu körsatkiçlar qolmoqda, zero 30 foizlik ösiş ham u qadar yuqori emas. Bu sohada juda katta salohiyatimiz bor", - dedi Ğaniyev.












