Rossiya energetik haftasi panelli sessiyasida çiqiş qilar ekan, RF prezidenti Vladimir «Rossiya Eronning milliy manfaatlariga hurmat bilan qaraydi, lekin milliy manfaatlar Rossiyada ham, Turkiyada ham, Saudiya Arabistonida ham bor», deb ta'kidlab ötdi. Putinning gaplarini RIA Novosti keltirmoqda.

Boşlovçi RF prezidentiga Saudiya Arabistoni bilan munosabatlar mustahkamlanayotgani fonida Suriyadagi mojarolar nihoyalangaç, Rossiya u yerdagi vaziyatni qanday tasavvur etayotgani haqida, Suriyadagi ziddiyatlar tugagaç, Rossiya Saudiya Arabistoniga eronlik harbiylar Suriyadan çiqib ketişiga kafolat bera oladimi, deya savol berdi.

Putinning ta'kidlaşiça, mamlakat öz yölini özi belgilab olmoği lozim, «bu uşbu davlat xalqining suveren huquqi». «Bu narsa tölaligiça Eronga ham taalluqli. Biz doimo har qanday davlatning suvereniteti, içki va taşqi siyosatiga hurmat bilan qaraganmiz. Eron bizning qöşnimiz, azaliy hamkorimiz, biz buni qadrlaymiz va Eronning milliy manfaatlariga hurmat bilan qaraymiz, biroq milliy manfaatlar Rossiyada ham, Turkiyada ham, Saudiya Arabistonida ham bor», — dedi Putin.

«Biz bu taşvişlarni tuşunamiz, boz ustiga, turli tomondan yangrayotgan qarşi taşvişlarni ham bee'tibor qoldira olmaymiz. Masalan, hozir hammani Iroqdagi vaziyat taşvişlantirmoqda — uning qay tarafga qarab rivojlanişi, Iroq Kurdistonidagi referendum masalasi — u yer ham mintaqaviy içki muammolar girdobida qolgan. Agar kişi özini uşbu jarayonning barça qatnaşuvçilarini qoniqtiruvçi kelişuv va yeçimlar izlab topişga yönaltirsa, vaziyat barqarorlaşadi», — dedi Rossiya prezidenti.

«Bizda hammani birlaştiruvçi jihat bor, endi esa bahs mavzusi bölgan narsalarga taqalmasdan, umumiy manfaat yölida birlaşiş kerak, şunda bizni muvaffaqiyat qarşi oladi», — deya savolga javobini yakunladi Putin.

Iroq Kurdistoniga nisbatan neft embargosining joriy etilişi neft narxining ösişiga olib keladi, biroq heç kim bunday yöl tutmasa kerak, dedi Putin.

«Bu umumbaşariy energetika bozorlarida öz aksini topadi va narxlar tepaga qarab ösa boşlaydi. Fikrimça, bundan heç kim manfaatdor emas, şu sababli real hayotda yuz beradigan voqealarga sinçiklab qaraş kerak va har qanday taxminlar vaziyatni izdan çiqarişga xizmat qilmasligi lozim», — dedi Putin uşbu avtonom hududdan neft yetkazib beriş töxtatib qöyilsa nima böladi, degan savolga javob bera turib.

Putin hozirça 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnaniş borasida bir töxtamga kelmaganini aytib ötdi; asosiy nomzodlar noyabr oyining oxiri — dekabr oyining boşlarida öz rejalarini e'lon qilişadi.

Sessiya moderatori «Kimga qarşi öz nomzodingizni qöyasiz, bu borasida bir töxtamga keldingizmi?» — deb savol bergandi.

«Yöq, nafaqat kimga qarşi kuraş olib borişim, umuman, öz nomzodimni ilgari suriş borasida ham bir qarorga kelganimça yöq», — dedi Putin.

«Fikrimça, yil oxiriga borib asosiy nomzodlar öz qatnaşuvini va saylovoldi dasturlarini e'lon qilişadi», — deya tuşuntiriş bergan Rossiya prezidenti.