Saudiya Arabistonining rahbariyati Moskvaga taşrifi vaqtida Rossiya hukumati bilan S-400 raketa-zenit majmualarini sotib oliş böyiça kelişib oldi. Bu haqda Al-Arabiya telekanali xabar bermoqda.
"Uşbu bitim qirollikka dunyodagi eng zamonaviy raketalarga qarşi mudofaa tizimini xarid qiliş imkonini beradi", deyilgan xabarda.
Uşbu axborotni "Almaz-Antey" mudofaa korxonasidagi manba ham tasdiqlagan. Uning aytişiça, bir yil avval Rossiyada uşbu tizimlarni yetkazib beriş böyiça 5 ta şartnoma, jumladan xaridorlar orasida saudiyaliklar bölişiga heç kim işonqiramagan.
Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Moskvaga 4 oktabr keçki vaqt yetib keldi. 5 oktabrda podşoh va uning qöl ostidagilar Rossiya prezidenti Vladimir Putin va rossiyalik vazirlar bilan uçraşişdi. Bu taşrif saudiyalik qirollarning Rossiyaga ilk taşrifi böldi. Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr podşohning taşrifini "tarixiy" deb atadi. Ikki davlat vakillari muzokaralar natijalariga köra bir qator şartnomalar tuzişdi.












