Mustaqillik yillarida ta'lim sohasida yoşlarga zamonaviy bilimlarni beriş, ularning intellektual salohiyatini oşiriş va jahon hamjamiyatida munosib örin egallaşiga qaratilgan tub özgarişlar va islohotlar amalga oşirildi. Xususan, umumiy örta ta'lim sifatini tubdan oşiriş, intellektual, estetik va jismoniy barkamol avlodni şakllantirişni hamda yoşlarga ta'lim berişni yangi sifat darajasiga kötariş, şu jumladan, çet tillari, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bölgan boşqa fanlarni çuqurlaştirib örganiş 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilangan.

Biroq bugungi kunda Xalq ta'lim varzirligi va uning tarkibiga kiruvçi taşkilotlar, maktablar va maktabgaça ta'lim muassasalarining ayrim xodimlarning olib borayotgan «xizmatlari», davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini vijdonan va sidqidildan bajarayotganliklarini talab darajasida, deb bölmaydi. Men bu örinda yoşlarga ta'lim va tarbiya berayotgan öqituvçi va murabbiylarni emas, Xalq ta'lim vazirligi, uning viloyat va tuman bölimlarning ayrim ma'sul xodimlarini nazarda tutmoqdaman. Bunga misol sifatida Toşkent şahrida joylaşgan 178-sonli davlat ixtisoslaştirilgan umumta'lim maktabida va uning atrofidagi voqealarni keltirmoqçiman.

Uşbu maktabda 2017 yilning 15–17 avgust kunlari Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi 173-sonli qarori asosida ixtisoslaştirilgan 2-sinflar uçun tanlov ötkazildi. Ötkazilgan tanlov natijalari 23 avgust kuni e'lon qilindi. E'lon qilingan natijalardan norozi bölib Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qildim. Xalq ta'limi vazirligining Çilonzor tuman bölimining 2017 yilning 30 avgustida 02-5/1-749-sonli «öğlingiz ayrim fanlar çuqur öqitiladigan sinfga qabul qilingan», mazmunidagi javob xatini oldim.

2 sentabr kuni maktablarda öquv jarayoni boşlangandan söng uşbu javob xati yolğon ekanini bildim. Kimga kerak yolğon ma'lumot beriş?

Şundan söng ötkazilgan test natijalarni şaxsan köriş uçun Toşkent şahar xalq ta'lim boşqarmasiga murojaat qildim. Toşkent şahar xalq ta'lim boşqarmasi ma'sul xodimlari mening murojaatimga «siz test natijalari e'lon qilingandan söng 1 kun muddatda murojaat qilişingiz kerak edi», mazmunida javob berişdi. Xalq ta'limi vazirligining aralaşuvi yoki Toşkent şahar xalq ta'lim boşqarmasi ma'sul xodimning ta'biri bilan aytganda, «vazirlikning iltimosiga köra», test natijalari bilan tanişdim.

Jajji murğak qalblar tomonidan test savollariga berilgan javoblar «saxovatli» xodimlar tomonidan notöğri tekşirilganiga guvoh böldim. Lekin meni quvontirgan jihati — bir sinfdan 48 öquvçini öqitib, şunday natijaga erişgan öqituvçidir va unga rahmat aytgim keldi. Uşbu holat yuzasidan izoh söraganimda, Toşkent şahar xalq ta'lim boşqarmasining ma'sul xodimi odob-axloqning «eng yuksak» darajasida tuşuntiriş berganidan hayratga tuşdim.

Yuqoridagi holat buyiça Xalq ta'lim vazirligiga qilgan murojaatim vazirlik tizimida murojaatlar bilan işlaş bölimi bölmagani sababli rad etildi. Katta bir vazirlikda fuqarolar dardini eşitadigan bölinma bölmasligi kişini yana bir bor taajjublantirdi.

Yuqoridagi hikoyani davom ettirsak, juda köp haqiqatlar yuzaga çiqişi aniq. Bugungi kunda OAVda, ijtimoiy tarmoqlar ta'lim tizimning muammo va kamçiliklari keng jamoatçilik tamonidan muhokama qilinayotgani bejizga emas. Sababi — ta'lim tizimida yöl qöyilgan kiçik bir xato keyinçalik jamiyatdagi boşqa bir illatlarni keltirib çiqarişi mumkin.

Bugungi kunda jamiyatimizda mavjud jinoyatçilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, terrorizm kabi illatlarga qarşi kuraşiş hamda oldini oliş uçun birinçi navbatda ta'lim tizimini mukammal darajaga çiqariş lozim.

Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiya nima uçun jinoyatçilik, xuquqbuzarlik, giyohvandlik, terrorizm kabi illatlarni uçratiş qiyin? Sababi — Yaponiyadagi maktab öquvçilari 4-sinfgaça imtihon topşirişmaydi, faqat kiçik mustaqil işlar yozişadi. Ilk uç yilda asosiysi — akademik bilim emas. Boşlanğiç sinflarda asosiy e'tibor tarbiyaga qaratiladi: bolalar insonlar va jonivorlarga hurmat bilan munosabatda böliş, bağrikenglik, birovning dardiga şerik böliş, haqiqatparvarlik, öz-özini nazorat qiliş va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bölişga örgatiladi.

Yoki Ikkinçi jahon uruşida mağlubiyatga uçragan, mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga uçragan Germaniya qisqa vaqt içida rivojlangan davlatga aylandi. Nemis pedagoglari iste'dodsiz öquvçining özi yöq, deb hisoblaşadi. Şunga köra, ular öquvçining oçilmagan qirralarini kaşf etib, ularni yangilik va ixtirolar ruhida tarbiyalaşga intiladi. Pedagoglar birinçi navbatda öquvçining, hatto xato bölsa-da, mustaqil fikri bölişiga erişişni maqsad qiladi. Ta'lim jarayoni esa ota-ona va öqituvçi örtasidagi uzviy hamkorlikka tayanadi.

Biz kuçli davlat barpo etişimiz uçun, har bir sohani yuksak darajaga olib çiqişimiz uçun ta'limning har qanday körinişiga jiddiy e'tibor berişimiz, ta'lim olayotgan yoş avlodning va ta'lim berayotgan öqituvçilarning fikrlarini inobatga olgan holda özgarişlar qilişimiz lozim. Şu örinda kelajagimiz uçun ma'sul bölgan Xalq ta'limi vazirligiga quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqçiman:

1. Agar niholni boşidanoq notöğri parvarişlasangiz yoki nihol ekişda xatolikka yöl qöysangiz, oqibatda nima böladi?

2. Ta'lim berişdan maqsad nima?

3. Ta'limda taniş-bilişçilikning oqibati nimalarga olib keladi?

4. Nima uçun Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino va Beruniy kabi buyuk allomalarimizga qay tarzida ta'lim berganliklari örganilmaydi va ularga berilgani kabi ta'lim berilmaydi?

Xulosa örnida şuni aytmoqçiman, ma'rifatparvar olim Abdulla Avloniy bundan yuz yillar avval aytgan «Tarbiya biz uçun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir», degan iborasi ayni kunda ham öz qimmatini yöqotgan emas. Darhaqiqat, dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga kiriş uçun yoşlarimizning ta'lim-tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Obid Isroilov,

mustaqil jurnalist

E-mail: [email protected]