Aşxoboddagi antiqa körinişdagi aeroportdan Duşanbedagi bayroq ustunigaça. The Guardian Markaziy Osiyoda mustaqillik yillarida barpo etilgan 10ta zamonaviy inşootni saraladi.


1. Aşxobod xalqaro aeroporti

Foto: World Record Academy

2016 yil foydalanişga topşirilgan umumiy qiymati 2,3 milliard dollarga teng Aşxobod xalqaro aeroporti misoli uçib ketişga tayyor loçin körinişidek barpo etilgan. Aeroport bir soatda 1600 nafar yölovçi xizmat körsatiş imkoniyatiga ega.

2. Baxt uyi

JTB Photo/UIG via Getty Images

Turkman yulduzi tasvirlangan mazkur Baxt uyi Aşxobod şahrida qurib bitkazilgan. Bino 11 qavatdan iborat bölib, unda nikoh marosimlarini ötkazişga möljallangan.

3. Çoyxona

M Torres/Travel-Images.com/Getty Images

Ulkan qovun şaklidagi antiqa çoyxona Tojikistonning Hisor şahrida joylaşgan. Uning balandligi 43 metr bölib, bir vaqtning özida 2000 nafar mijozga xizmat körsata oladi.

4. Bayroq ustuni

Foto: Olga Tutubalina/AP

Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan qad rostlagan ulkan bayroq ustuni bir neça yillar davomida dunyodagi eng baland bayroq ustuni sifatida e'tirof etilgandi. Uning qurilişiga naq 3,5 million dollar sarflangan.

5. Betaraflik monumenti

Foto: Giles Clarke/Getty Images

«Uçburçak» nomi bilan maşhur mazkur inşoot 1998 yil Turkmaniston prezidenti Saparmurod Niyozov taşabbusi bilan barpo etilgan. «Betaraflik» monumenti aslida Turkmanistonning xalqaro munosabatlarda tutgan örni va maqomini ramziy ma'noda ifodalab beradi.

6. Prezident Berdimuhammedov yodgorligi

Foto: Giles Clarke/Getty Images

Antiqa körinişga ega yodgorlik amaldagi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov nomi bilan ataladi. 20 metr balandlikda tasvirlangan ot ustidagi çavandoz bronzadan tayyorlangan bölib, uning sirtiga 24 karatli oltin suvi yuritilgan.

7. Böyterak minorasi

Foto: Alamy

Ostona şahrida qad rostlagan Qozoğiston milliy yodgorlik inşooti qadimiy afsonada ifodalangan köriniş böyiça qurilgan. Unda aytilişiça, baxt quşi - Samruk hayot daraxtiga in quradi. Bino balandligi 105 metrni taşkil etadi.

8. Xon Şotir köngiloçar savdo markazi

JTB Photo/UIG via Getty Images

Ostonada ana şunday körinişga ega yopiq savdo markazi bölib, uning balandligi 150 metrdan oşadi, egallab turgani maydoni esa 10000 m2 hisoblanadi.

9. Markaziy konsert zali

Foto: Jane Sweeney/Getty Images

Arxitekturasi italiyalik Manfredi va Luka Nikoletti tomonidan işlangan Qozoğistondagi Markaziy konsert zali 2009 yil foydalanişga topşirildi. Asosiy zal 3,500 tomoşabinni öz bağriga siğdira oladi, şuningdek ikkita kiçik musiqa zallari, restoran va barlar bor.

10. Yulduz mehmonxonasi

JTB Photo/UIG via Getty Images

Beş yulduzli mehmonxona turkumiga kiruvçi Aşxoboddagi «Yulduz» binosi Turkmanistondagi eng baland inşoot hisoblanadi.