- AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga nega taşrif buyurdi?
Şuhrat Rasul: C5+1 formati 2015-yil 1-noyabrda Samarqandda ilk bor ötkazilgan. Menimça, AQŞ Markaziy Osiyo davlatlariga bu formatni ikkita asosiy sabab bilan taklif qilgan. Geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyo AQŞ uçun strategik ahamiyatga ega. Mintaqa Rossiya va Xitoy örtasida joylaşgan bölib, uning geografik örni Vaşington uçun muhim. Tramp maʼmuriyati prezidentlikka kirişiş arafasida Monro doktrinasining yangilangan talqinini ilgari surgan bölsa-da, AQŞ dunyo böylab geosiyosiy taʼsirini saqlab qolişga intilmoqda.
Bugun Markaziy Osiyoga xalqaro qiziqiş ortib, mintaqaning geosiyosiy ahamiyati yanada kuçaymoqda. Dastlabki uçraşuvlardan keyin C5+1 formati muntazam muloqot mexanizmiga aylandi. Biroq uçraşuvlar har yili bir xil tartibda ötkazilmagan, ayrim davrlarda ular orasida bir neça yillik tanaffuslar bölgan. 2015-yildagi ilk uçraşuvdan söng, 2016-yilda ham muloqot ötkazildi. Keyinçalik uçraşuvlar 2020, 2021 va 2022-yillarda davom etdi, undan söng yana tanaffus kuzatildi.
2025-yil fevralida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari AQŞga taklif etildi. 2026-yilda esa mintaqa davlatlari bilan yana uçraşuv ötkazilmoqda. AQŞning iqtisodiy manfaatlari haqida hamkasblarim batafsilroq töxtalişadi deb öylayman. Menimça, Marko Rubioning Samarqandga taşrifi va C5+1 doirasidagi muloqot aynan şu geosiyosiy hamda iqtisodiy manfaatlar bilan boğliq.
Farhod Karimov: AQŞ dunyoning nafaqat Janubi-Şarqiy Osiyo, balki boşqa mintaqalarida ham Xitoy bilan raqobatlaşmoqda. Yevrosiyoda bu raqobatni olib borişda Amerikaning geografik joylaşuvi muayyan qiyinçilik tuğdiradi. AQŞ mintaqadan uzoqda joylaşgan va uning Yevrosiyoga bevosita taʼsir körsatiş imkoniyatlari çeklangan. Şu sababli Vaşington uçun mintaqa davlatlari mustaqilligini mustahkamlaş, ularning Rossiya, Xitoy va boşqa yirik kuçlardan mustaqil siyosat yuritiş imkoniyatlarini kengaytiriş muhim ahamiyatga ega.
Bunday yondaşuv bir tomondan mintaqa davlatlari manfaatlariga mos kelsa, ikkinçi tomondan AQŞning geosiyosiy maqsadlariga ham xizmat qiladi. Bugun dunyoda turli inqirozlar davom etayotgan bir paytda AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Markaziy Osiyoga taşrifi Vaşington mintaqa bilan munosabatlarga jiddiy ahamiyat berayotganini körsatadi.
Bu örinda AQŞ matbuotida ham taʼkidlangan muhim jihatga eʼtibor qaratiş lozim. Vaşington Markaziy Osiyo davlatlariga geosiyosiy tanlov şartlarini qöymasdan hamkorlik qilişni taklif etmoqda. Mintaqa davlatlari yirik kuçlar bilan munosabatlar örnatişda köpinça muayyan tanlov qarşisida qoladi, Özbekiston rahbari ham avvalroq buni oçiq















