Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilovaning ma'lum qilişiça, Aleksey Navalniy saylovlarda 2028 yildan söng iştirok etişi mumkin.
«Janob Navalniyga, u yoş, istiqbolli siyosatçi, unda barça imkoniyatlar bor... mana oradan bu ön yillik muddat ötsin, taxminan 2028 yilda plyus beş oydan söng u öz nomzodini bemalol qöyişi mumkin», - deya Pamfilovaning sözlarini keltiradi TASS.
Rossiya MSK raisi sözlariga köra, u bu muddat yakuniga yetgaç öz nomzodini saylovlarga qöyişi mumkin. «Köçalardagi bosim bilan emas, balki maqsadlari bilan prezident lavozimiga loyiqligini isbotlasin», - deya qöşimça qilib ötgan Ella Pamfilova.
Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Navalniy tarafdorlari unda hozirgi vaqtda öz nomzodini ilgari suriş huquqi borligi haqida yolğon ma'lumotlarni tarqatişmoqda.












