Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning duşanba kuni Isroil harbiy mahkamasi rahbari Avigdor Liberman bilan uçraşuvda ma'lum qilişiça, Suriyadagi harbiy amaliyot öz yakuniga yetib qolgan, tezkor yeçimini kutayotgan bir neça masala bor.
«Suriya bilan boğliq bölgan barça narsani alohida muhokama qilişni istardik. U yerda amaliyot yakuniş arafasida. Şoşilinç yeçimlarga ehtiyoj bölgan va Suriyadagi vaziyat istiqbollarini muhokama qilişni talab qiladigan bir neça masala bor», - deya uning sözlarini keltiradi «Interfaks».
U köplab savollar töplanib qolgani hamda bugungi kunda muhokama qilişga mavzular yetarli ekanini ta'kidlab ötdi.
«Bizning harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorligimiz masalalaridan taşqari, albatta, asosiy masala - terrorizmga qarşi kuraş va mintaqadagi vaziyatdir», - dedi Şoygu.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qaroriga köra, 15 martdan Suriyadan Rossiya havo guruhining bir qismini olib çiqiş boşlandi, sababi RF Mudofaa vazirligiga yuklangan vazifa bajarildi. Şu bilan birga, Putinning ma'lum qilişiça, Rossiya qurolli kuçlarining Tartus va Xmeymim hududlarida joylaşgan punktlari avvalgi rejimda işlaydi va ular yerdan, dengizdan hamda havodan işonçli tarzda himoya qilinişi kerak.












