Rossiya hukumati rejalaştirilayotgan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik köriş boşlangani rasmiy e'lon qilingan qaror loyihasini işlab çiqdi va saylov kampaniyasi davomida vazirliklar va idoralarga körsatmalar berdi. RBK ma'lumotiga köra, tegişli hujjat «Saylov komissiyalariga prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik köriş va ötkazişda öz vakolatlarini amalga oşirişda yordam beriş çora-tadbirlari töğrisida»gi nom bilan normativ-huquqiy hujjatlar portalida e'lon qilindi.
Loyiha jami 37 band bor. Tegişli tuşuntiriş ma'lumotnomasida saylovçilar röyxatini tuziş va aniqlaştiriş, saylov uçastkalarini şakllantiriş, saylov hujjatlari va boşqa narsalarni taqdim etişda tegişli idoralar, jumladan Içki işlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, Rosgvardiya, Adliya vazirligi, Federal Soliq xizmati, Energetika vazirligi, Pensiya jamğarmasi va boşqalarning kömak körsatiş çoralari belgilab qöyilgan.
Ma'lumotnomada ta'kidlanişiça, hujjat Rossiya Federatsiyasida prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişni ta'minlaş maqsadida işlab çiqilgan. «Qaror loyihasi bilan federal ijro hokimiyati organlari, boşqa davlat idoralari va muassasalarning prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik köriş va ötkaziş böyiça turli darajadagi saylov komissiyalari bilan özaro hamkorlikning yönalişlarini belgilab beruvçi qoidalar örnatildi», - deyiladi hujjatda.
Hujjat saylovlarga tayyorgarlik köriş va ötkaziş jarayonida huquqni muhofaza qiliş organlari va maxsus xizmatlar tomonidan jamoat tartibini hamda umumiy xavfsizlikni ta'minlaşni belgilab qöydi. Loyihada körsatilişiça, saylov uçastkalarini qöriqlaş «beğaraz asosda» bölişi kerak. Qarorda alohida e'tibor imkoniyati çeklangan şaxslarga, harbiy xizmatçilarga, tergov izolyatorida saqlanayotganlar va boşqalarga ovoz beriş huquqi bilan ta'minlaş zarurligiga qaratilgan.
Qaror loyihasiga köra Roskomnadzor, Rosgvardiya, FXX, Adliya vazirligi va Içki işlar vazirligi «noqonuniy taşviqot, jumladan, ekstremistik faoliyatni töxtatiş, yolğon hamda noqonuniy saylov kampaniyasi materiallarini tayyorlaşga yöl qöymaslik, uşbu materiallarning işlab çiqaruvçilari va tarqatuvçilari, ularga tölov manbalarini aniqlaş» böyiça işlar olib boradi.
Şuningdek, taşqi siyosat idorasiga ham körsatmalar berildi. U saylov komissiyasining iltimosiga binoan, Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodlarda çet el fuqaroligining mavjudligi yoki xorijda yaşaş huquqi töğrisida ma'lumot taqdim etişga majburdir.
Rossiyada prezidentlik saylovi 2018 yil 18 mart kuni bölib ötadi. Davlat rahbari lavozimiga nomzodlar 7 dekabrdan 17 dekabrgaça qadar bölgan muddatda özlarining saylovoldi kampaniyalarini boşlaydilar. Fevralda RBK’ning ikki federal manbasi Kreml yaqinlaşib kelayotgan saylovlarga Vladimir Putin yangi muddatga öz nomzodini qöyişini e'tiborga olgan holda tayyorgarlik körayotganini aytib ötişgandi. Yana bir manbaning qayd etişiça, agar 2018 yilda Putin öz nomzodini qöysa, u ğalaba qozonişi mumkin, ammo 70 foizdan ziyod iştirokni ta'minlaş muhim ahamiyatga ega böladi.












