Uzoq yillik kutişlardan söng Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan 7 kişiga viloyat hokimligida bölib ötgan tantanali majlisda Özbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari topşirildi.
Yiğilganlar oldida çiqiş qilar ekan, viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Turobjon Jörayev davlatimiz hududida doimiy yaşab kelayotgan yetti kişiga Prezident farmoni asosida fuqarolik berilayotganini qayd etdi.

Turobjon Ikromoviç Surxondaryo viloyati hokimi bölib işlab yurgan paytlarida afğon, puştun, tojik va boşqa millatga mansub kişilarning fuqarosizlikdan maşaqqat tortayotganiga guvoh bölgani va öşanda ularga yordam körsatişning iloji bölmagani haqida eslab ötdi. «Şu sababli menga bugun pasport olayotgan yangi fuqarolarimizning boşdan keçirganlari juda yaxşi taniş, men ularni tabriklayman»,— dedi viloyat ma'muriyati rahbari va endi ular respublikamizning tölaqonli fuqarolari sifatida mamlakatimiz rivoji va ravnaq topişiga munosib hissa qöşişlariga işonç bildirdi.

Yiğilganlarning qarsaklari ostida Turobjon Jörayev yangi fuqarolarga pasportlarni topşirdi. Sözga çiqqanlar Prezident Şavkat Mirziyoyev va butun Özbekiston xalqiga özlari va farzandlari zarur bilimlar olişlari va kasb egasi bölişlarida bağrikenglik, mehribonlik körsatgani uçun minnatdorçilik izhor etişdi.
Toşpölat Rahmatullayev,
Samarqand.
Suratlar muallifniki.











