Buyuk Britaniyada 1912 yilgi çökib ketgan «Titanik» kemasi yölovçisi tomonidan yozilgan maktub auksionga qöyildi, deb xabar bermoqda Independent.
Naşr ma'lumotlariga köra, bu layner halokatga uçraşidan oldin uning bortidagi yölovçi tomonidan yozilgan eng sönggi maktub.

Maktub muallifi – birinçi klass yölovçisi Aleksandr Oskar Xolverson. Fojia oqibatida u halok bölgan, biroq özi bilan birga sayohatga çiqqan turmuş örtoği omon qolgan.
Xolversonning onasiga yöllangan maktubida şunday deyiladi: «Bu kema juda katta hamda qimmatbaho mehmonxona kabi jihozlangan. Agarda hammasi yaxşi keçsa, biz Nyu-Yorkka çorşanba kuni yetib kelamiz».
Maktub Henry Aldridge & Son auksion uyi tomonidan savdoga qöyiladi, uning qiymati 60-80 ming funtga baholanmoqda.











