Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantiriş departamenti faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni çiqardi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Toşkent viloyatining ma'muriy-hududiy tuzilişini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yil 20 iyuldagi PQ-3142-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

Quyidagilar: Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantiriş departamentining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantiriş departamenti töğrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantiriş departamenti xodimlari mehnatiga xaq tölaş razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Toşkent viloyati hokimiga, zarurat bölganda, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san'at. va turizmni rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti bilan kelişgan holda Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi Turizmni rivojlantiriş departamenti (keyingi örinlarda Departament deb ataladi) tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy ştatdagi soni doirasida özgartirişlar kiritiş xuquqi berildi.

Toşkent viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda: 

Departament xodimlarining ştatlar jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Departamentni yuklangan vazifalarning yuqori taşkiliy va professional darajada bajarilişini ta'minlaşga qodir bölgan malakali kadrlar bilan butlaydi.

Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlari, şuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar Departament faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi.

Departament Toşkent viloyati, Nurafşon şahri, Toşkent köçasi, 92-uy manziliga joylaştiriladi.

Böstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari hokimliklari:

bir oy muddatda Departament hududiy bölinmalari tegişli tuman (şahar) hokimliklari binolarida joylaştirilişini;

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat kömitasining tavsiyasiga köra belgilangan tartibda tadbirkorlik sub'yektlariga turistik yönalişlar va asosiy yöl yokalarida yölböyi turistik infratuzilma obektlari quriş uçun Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan röyxatga asosan, keyinçalik ular tarkibida axborot markazlarini bepul joylaştiriş şarti bilan yer maydonlari ajratilişini ta'minlaydilar.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Departamentga 4 ta avtotransport vositasini, şu jumladan 1 ta yengil va 3 ta maxsus (yöltanlamas) avtotransport vositasini saklaş uçun limit ajratadi.

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi bilan birgalikda uç oy muddatda yölböyi turistik infratuzilma obektlariga qöyiladigan hamda turistlar uçun barça zarur qulayliklar majburiy bölişini nazarda tutadigan namunaviy talablarni işlab çiqadi va tasdiqlaydi.

Vazirliklar va idoralar özlari qabul qilgan normativ-xuquqiy xujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştiradilar.

Mazkur karorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari - "Özbekiston temir yöllari" AJ boşqaruvi raisi A.Ramatov, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari - “Özagrotexsanoatxolding” AJ boşqaruvi raisi N.Otajonov va Toşkent viloyati hokimi Ş.Babayev zimmasiga yuklandi.