2017 yilda Turkiyaning turizmdan oladigan daromadi 24-25 mlrd dollarni taşkil qilişi kerak, deb aytdi "Anadolu" axborot agentligiga Turkiya turistik agentliklari uyuşmasi (TÜRSAB) rahbari Başaran Ulusoy.

Uning aytişiça, 2017 yilda Turkiya turizm sohasidagi vaziyat 2016 yildagiga nisbatan yaxşiroq bölgan, biroq u hali 2014-2015 yillardagi darajaga yetmagan.

Ulusoyning aytişiça, Turkiya turizm ohasi vakillari bu darajaga yetiş uçun barça imkoni bor işni amalga oşirmoqdalar. Uning ta'kidlaşiça, xorijiy sayyohlar Turkiyaga özlarining mamlakatlarida yöq bölgan narsalarni köriş uçun keladilar, ularni Turkiya oşxonasi va tarixiy joylari qiziqtiradi, ular turk madaniyati va xalq ijodi bilan tanişişni istaydilar.

2016 yilda Turkiya turizm sohasiga Germaniya, AQŞ, Uzoq Şarq va Osiyo davlatlari sayyohlari eng köp daromad keltirganlar. 

Ulusoy Anqara va Vaşington örtasida vujudga kelgan viza muammosining turizm sohasiga ta'siriga izoh berib, bu vaziyat AQŞdan keluvçi sayyohlar soniga ta'sir qilmasligini aytdi. Uning fikriça, bu siyosiy muammo qisqa muddatlarda hal qilinadi. "Turkiya bunga loyiq emasdi va döstona davlatdan buni kutmagandi", deb qöşimça qilgan Ulusoy.