Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan 2017 yil 25 oktabr kuni davlat taşrifi bilan Turkiyaga taşrif buyurdi.
Uşbu taşrifning ikkinçi kunida Turkiya - Özbekiston işbilarmon doiralari vakillari örtasida biznes-forum taşkil etildi. Forumning 2-qismi oziq-ovqat sanoatiga bağişlanib, unda uşbu soha vakillari özaro muzokaralar olib borişdi.

Biznes-forumda “Özbekoziqovqatxolding” kompaniyasi rahbari Tohirjon Jalilov “Gentes Yapi ve Endustry Tesisleri Ltd. Sti.”kompaniyasi bilan muzokara olib bordi va hamkorlikda yirik meva-sabzavot terminalini barpo etiş yuzasidan kelişuvga erişdi.
Unga köra terminalda: 125 muzlatgiç ombori, 75 soçiluvçan mahsulotlarni saqlovçi ombor, yuklaş-tuşiriş hududi, qadoqlaş hududi, eksport uçun möljallangan hudud, bojxona hududi, kafe va restoran, ma'muriy bino va ofislar, mehmonxona barpo etiladi.
Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun joriy yilning noyabr oyida turkiyalik mutaxassislar Özbekistonga taşrif buyurişadi.

Şuningdek, turkiyalik işbilarmonlar Özbekiston oziq-ovqat sohasini yanada rivojlantiriş yölida meva-sabzavotlarni yetiştiriş, qayta işlaş uçun zamonaviy texnologiyalarni yetkazib beriş borasida kelişuvga erişişdi.
Turkiyalik işbilarmonlar Özbekistonda işlab çiqarilgan va qayta işlangan meva-sabzavot va boşqa oziq-ovqat mahsulotlarini yurtimiz orqali MDH davlatlariga eksport qiliş istagini bildirdi.











