Özbekistonda yil oxirigaça 86 ta yangi avtobus yönalişi oçilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda Özbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligidan xabar berişgan.
Bugungi kunda esa yölovçilarga 57 ta yönaliş böyiça xizmat körsatiş boşlangan. Bu jarayonda eng asosiysi - taşuvçilarni zarur transport vositalari bilan ta'minlaş. Vaziyatni özgartiriş uçun mamlakatda joriy yilda jami 537 ta yangi avtobus sotib oliş rejalaştirilmoqda.
Qayd etilişiça, ayni kunda mutaxassislar 81 ta yönalişda yöl şaroitlarini örganişgan va avtobuslar harakatini oçiş uçun maxsus hujjatlarni tayyorlaşgan. Jami 26 ta şahar, 44 ta şahar atrofidagi va 16 ta şaharlararo yönalişlar işga tuşiriladi.
Bugungi kunda butun mamlakat böylab 80 ta taşuvçi 440 ta «Isuzu» rusumli avtobuslarni sotib oldi va ular yölovçilarga xizmat körsatmoqda.












