Toşkent şahar hokimining 2026-yil 29-oktabrdagi qarori bilan köçalarni taʼmirlaş va avtobuslar uçun alohida yölaklar - BRT taşkil etiş işlarining manzilli röyxati tasdiqlandi.

Qarorga köra, quyidagi köçalarda avtobus yölaklari barpo etiladi:

  • Muqimiy köçasi - Yakkasaroy va Çilonzor tumanlaridan ötuvçi 4,6 kilometrlik qismda;

  • Qoratoş - Kökça darvoza köçalari - Şayxontohur tumanida jami 4,2 kilometr;

  • Parkent köçasi - Mirzo Uluğbek tumanida 2,8 kilometr;

  • Mirzo Uluğbek şohköçasi - Mirzo Uluğbek tumanida 6,3 kilometr.

Taʼmirlaş va quriliş işlari böyiça «Toşkent Invest kompaniyasi» AJ buyurtmaçi etib belgilangan.

Buyurtmaçining quriliş-taʼmirlaş işlari bilan boğliq xarajatlari hamda loyiha hujjatlarini işlab çiqiş uçun Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasidan dastlab 6,5 milliard söm ajratiş çoralarini köriş topşirilgan.

Köçalarni taʼmirlaş va avtobus yölaklarini taşkil etiş işlarini tijorat banklari kreditlari, Yöl va transport infratuzilmasini rivojlantiriş jamğarmasi hamda Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriş belgilangan.

Yöllarni taʼmirlaşdan oldin tegişli muhandislik tarmoqlarini quriş, taʼmirlaş yoki köçiriş işlari bajarilişi kerak.

Masʼullarga quriliş davrida tirbandliklarning oldini oliş va harakat xavfsizligini taʼminlaş vazifasi yuklatilgan. Zarur hollarda avtomobil harakati vaqtinça çeklanişi mumkin.

Qarorda işlarni yakunlaşning aniq muddati körsatilmagan.