Toşkentda mehmon bölib turgan Rossiya hukumati rahbari birinçi örinbosari Dmitriy Rogozin Özbekiston rahbariyatiga harbiy sanoat mahsulotlarining narxlarini şakllantiriş tizimini taşkillaştiriş va sanoatini rivojlantirişni rejalaştirişda yordam körsatilişini va'da qildi, deb yozadi TASS.
Rossiya hukumati rahbarining birinçi örinbosari Dmitriy Rogozin Toşkentda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda boş vazir Abdulla Aripov bilan bölib ötgan muzokaralar yakuniga köra Rossiya Federatsiyasi harbiy-sanoat komissiyasi (RF HSK) Özbekiston mudofaa sanoatini qayta tiklaş işlarida maslahat kömagi körsatişi haqida ma'lum qilgan.
«HSK harbiy maqsadlardagi mahsulotlar uçun narxlarni şakllantiriş tizimini qay tariqa taşkillaştiriş, qurollanişni rivojlantiriş va sanoatni şunga tayyorlaşni rejalaştirişning uzoq muddatli dasturini qanday şakllantiriş nuqtai nazaridan Özbekiston hukumatiga kömak körsatadi», — dedi Rossiya boş vaziri birinçi örinbosari.












