Mehrdod Axloqiy Kitobçi Eron mudofaa va qurolli kuçlarni taʼminlaş vaziri etib tayinlandi. 18-oktabr kuni Eron parlamenti onlayn yiğilişda 68 yoşli Axloqiyning nomzodini maʼqulladi. Mahalliy OAVga köra, jami 237 nafar deputat uni yoqlab, 15 nafari qarşi ovoz berdi. Bu qaror AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi yanada kuçayişi kutilayotgan bir paytda qabul qilindi.

Eronning sobiq mudofaa vaziri Aziz Nasirzoda uruşning birinçi kuni – 28-fevralda Isroil zarbalari oqibatida halok bölgandi. Öşa kuni Oliy rahbar Ali Xominaiy va boşqa köplab yuqori martabali eronlik şaxslar ham halok bölgandi.

Şundan buyon bu lavozimni vaqtinça Majid Ibn Rizo egallab turgandi. Endi u Axloqiyning örinbosari böladi.

Yangi vazir kim va undan nimalar kutilmoqda?

Yarim yildan oşgan uruş davomida AQŞ va Isroil Eronning harbiy-sanoat infratuzilmasini jiddiy zarbalar ostiga olgan. Al Jazeera naşrining yozişiça, Axloqiy ana şu infratuzilmani qayta tiklaş va kengaytirişga masʼul böladi.

Yangi vazirning mudofaa rejalari bundan avval yuqori harbiy rahbariyat, Eron prezidenti Masʼud Pizişkiyon va parlamentning Milliy xavfsizlik va taşqi siyosat komissiyasi tomonidan maʼqullangan.

«Eron Islom Respublikasi heç bir davlatga qarşi tajovuzni boşlab beruvçi tomon bölmaydi. Biroq har qanday tajovuzga qarşi mamlakatning hududiy yaxlitligini qatʼiyat bilan va ölimgaça himoya qiladi», deya Pizişkiyonning sözlarini keltirmoqda naşr.

Prezidentning aytişiça, Axloqiy mudofaa vazirligi va unga aloqador taşkilotlarda 42 yildan ortiq tajribaga ega.

Uning asosiy ixtisosligi ballistik raketalar, qattiq yoqilğili dvigatel tizimlari, aerokosmik texnologiyalar va harbiy-sanoat işlab çiqarişi hisoblanadi. U avval Erondagi qurol işlab çiqaruvçi uçta taşkilotga rahbarlik qilgan. Axloqiy va bu tuzilmalar AQŞ sanksiyalari ostida.

Erondagi Islom inqilobi muhofizlari korpusiga yaqin köriladigan Tasnim naşrining yozişiça, Axloqiy sönggi ön yilliklarda bir neça turdagi raketalar va qurol işlab çiqişga oid boşqa loyihalarga aloqador.

Image
«Zulfiqor» ballistik raketasi / Foto: Mehr News

Xususan, Axloqiy Eronning yirik «Sijjil» va «Zulfiqor» ballistik raketalari oilasini kengaytirişda rol öynagan. Şuningdek, u «Olmos» raketalari va «Yasin» bombalari kabi yuqori aniqlikda boşqariladigan qurollarni rivojlantirişda ham iştirok etgan.

U kosmik raketa-taşuvçilar, tadqiqot raketalari hamda Semnondagi Imom Xumayniy kosmik markazi bilan boğliq infratuzilma böyiça ham tajribaga ega. Bularning barçasi Eronning Isroil va AQŞga qarşi uruşlarida muhim unsur bölgan.

Eron uruşning yangi fazasiga tayyorlanmoqda

Eron Mudofaa vazirligi Axloqiyning tayinlanişini, avvalo, mamlakatning qurol salohiyatini oşiriş zarurati bilan izohlamoqda. Oktabr oyida vazirlik öz bayonotida Axloqiyning nomzodi ilgari surilgani – Eronning strategik qurollar soni hamda sifatini oşiriş ehtiyojini aks ettirişini aytgandi.

Axloqiy özi esa oktabrda parlamentdagi çiqişida yuqori harbiy qömondonlar bilan uçraşganini aytdi. Ular orasida Muhofizlar korpusi boş qömondoni, brigada generali Ahmad Vohidiy ham bölgan. Vazirning sözlariga köra, bundan maqsad qömondonlarning uruş davomidagi va undan keyingi ehtiyojlarini yaxşiroq tuşuniş bölgan.

Image
Axloqiyning Eron parlamentidagi çiqişi / Foto: Mehr News

Al Jazeera’ga köra, Axloqiy mudofaa vaziri sifatida bir qator yönalişlarni ustuvor deb biladi. Bular:

  • harbiy-sanoat rivojini jadallaştiriş;
  • havo hujumidan mudofaa;
  • davlat va xususiy sektor kompaniyalari yordamida yangi paydo bölayotgan texnologiyalarni joriy etiş;
  • qurolli kuçlar xizmatçilari farovonligini yaxşilaş;
  • xalqaro harbiy hamkorlikni rivojlantiriş.

Şu vaqtgaça AQŞ prezidenti ham, boşqa rasmiylari ham Eronning harbiy-sanoat quvvatlarining katta qismini yöq qilganini bir neça bor daʼvo qilgan. Biroq Tehron AQŞ va Isroil bombalari yetib bora olmaydigan joylarda hamon sezilarli hujum va mudofaa imkoniyatlariga ega ekanini aytib kelmoqda. Eron bu qurollar özining yangi uruş tajribasi asosida takomillaştirilganini ham qatʼiy taʼkidlagan.

Bir neça kun oldin AQŞ maʼmuriyati Eronning yadroviy va energetika infratuzilmasiga qarşi «barça bombalarning onasi»ni qöllaş bilan tahdid qildi. «Barça bombalarning onasi» – GBU-43/B MOAB bombasiga berilgan norasmiy nom. Uning oğirligi taxminan 9,8 tonna bölib, AQŞ arsenalidagi eng kuçli noyadroviy bombalardan biri hisoblanadi.

Axloqiy tayinlangan kuni mudofaa vaziri sifatida bergan ilk izohlarida Tramp maʼmuriyatiga qarata kesatiq qildi. «Biz tayyorgarlik körib qöyganmiz va işimizni xotirjam davom ettirmoqdamiz», dedi u jurnalistlarga. «AQŞ prezidenti öz kuçlarini mintaqamizdan butun holda olib çiqib ketiş haqida öylaşi kerak. Agar u bitta bomba taşlasa, qança askarini gorizontal holatda evakuatsiya qilişga majbur bölişini körişi kerak». Bu bilan u köplab amerikalik askarlar öldirilişi yoki yarador bölişiga işora qildi.