2017 yil 29 oktabr kuni içki işlar organlari xodimlari tomonidan, 1986 yilda tuğilgan fuqaro D.X. bir neça nafar ayollarni fohişalik bilan şuğullanişlik uçun Turkiya davlatiga yubormoqçi bölganligi aniqlanib, jinoyatçini qölga oliş borasida tezkor tadbir ötkazilişi rejalaştirilgan. Bu haqda poytaxti IIBB xabar bermoqda.

Şu kuni soat 17:00larda ötkazilgan tezkor tadbir davomida, D.X. Toşkent viloyati, Toşkent tumanida joylaşgan “Qoplonbek” YPH maskanida, fuqarolar U.M., N.K., L.T. va R.I.larni fohişa sifatida işlatiş maqsadida Qozoğiston Respublikasi orqali Turkiya davlatining Istanbul şahriga yubormoqçi bölgan vaqtida qölga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “b,ye” bandlari (odam savdosi, ya'ni bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, ikki yoki undan ortiq şaxslarni ulardan foydalaniş maqsadida yollaş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan. 

Jinoyatning oğirlilik darajasini inobatga olgan holda D.X.ga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi tanlanmoqda. 

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, D.X.ning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.