Toşkentdagi Simpoziumlar saroyida 2 noyabr kuni Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv bölib ötdi. 

ÖzA xabariga köra, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi köp qirrali munosabatlar özaro hurmat va işonç ruhida izçil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining uçraşuvlarida erişilgan kelişuvlar bunda muhim huquqiy asos bölib xizmat qilayotganini alohida ta'kidladi. 

Mamlakatlar hamkorligi Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma, Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma va boşqa qator hujjatlar asosida yangi bosqiçga çiqdi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil aprel oyida Rossiyaga davlat taşrifi, 10-11 oktabr kunlari Soçi şahrida bölib ötgan MDH Davlat rahbarlari kengaşi majlisi doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvi özaro munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitgani qayd etildi. 

Ikki davlat örtasidagi aloqalar vazirlik va idoralar yönalişida ham rivojlanib bormoqda. Keyingi yarim yilda hukumatlararo darajada yigirmaga yaqin taşriflar amalga oşirildi. Bu savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yanada faollaştiriş uçun keng imkoniyatlar oçdi. 

Uçraşuvda Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, ayniqsa, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriş, sanoat kooperatsiyasi sohalarida jadallaşgani qayd etildi. 

Ikki mamlakat hukumatlari rasmiy delegatsiyalari iştirokidagi kengaytirilgan muzokaralarda Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. 

Tadbir yakunida Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari, vazirlik va kompaniyalari örtasida öndan ziyod hujjat imzolandi. Jumladan, neftni qayta işlaş, bank-moliya, investitsiya, savdo, sanoat, avtomobilsozlik, ilm-fan, taşqi migratsiya va boşqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga doir qator memorandum va bitimlar qabul qilindi. 

Dmitriy Medvedev boşçiligidagi delegatsiya Mustaqillik maydoniga taşrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bölgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qöydi.