RF Xavfsizlik kengaşi rahbari örinbosari Dmitriy Medvedev Vilnyusda yadro qurolini joylaştirişga qöyilgan taqiqni bekor qiliş böyiça takliflar muhokamasi fonida Litvaning «dunyo xaritasidan yöq bölib ketişi» bilan tahdid qildi.

Medvedevning fikriça, Rossiya Litvaga zarba beradigan bölsa, uning NATOdagi ittifoqçilari alyans nizomining Kollektiv mudofaa töğrisidagi beşinçi moddasini eʼtiborsiz qoldiradi.

«Heç kim ularning yonini olmaydi. Hatto u yerga öt qöyib yuborilsa ham, heç qanday mamlakat ular uçun jang qilmaydi. Şimoliy Atlantika şartnomasining maşhur Beşinçi moddasi ham qöllanmaydi, buni barça tan oladi. Çunki agar u işga tuşirilsa – bu global, sayyoraviy falokat böladi. Ular ahmoq emas. Ammo Litva dunyo xaritasidan yöq bölib ketadi», – degan u Şimoli-ğarbiy federal okrug harbiylari bilan muloqot çoğida.

Litva mudofaa vazirligi iyun oyi boşida AQŞ bilan öz hududida yadro qurolini joylaştiriş böyiça muzokaralar olib borayotganini maʼlum qilgandi. OAV maʼlumotlariga köra, gap Amerikaning yadroviy kallaklarni olib yurişga qodir bölgan bombardimonçi samolyotlari haqida ketmoqda.

Litva konstitutsiyasining amaldagi tahririda mamlakat hududida yalpi qirğin qurollari va xorijiy harbiy bazalarni joylaştiriş taqiqlangan. Bir kun avval Litva parlamenti (seym) spikeri Yuozas Olyakas deputatlar «geosiyosiy reallikka mos kelmaydigan» bu taqiqni bekor qilişga tayyorgarlik körayotganini aytdi. Buning uçun seym hatto kuzgi sessiyani yanvargaça uzaytirişni rejalaştirmoqda.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vilnyusning harakatlarini «keskinlik nuqtayi nazaridan juda jiddiy buriliş» deb atadi va «bu qurol, şubhasiz, Rossiyaga qaratilgani» uçun Litva hududi ham «Rossiya yadro quroli nişonida turişi»ni taʼkidladi.

Vladimir Putinning özi esa «Yevropa elitalari» nima deyayotganidan qatʼi nazar, Rossiya Yevropa davlatlariga tahdid qilmayotgani va tahdid qilmoqçi emasligini aytdi.

«Biz Yevropa mamlakatlariga tahdid qilmaymiz, tahdid qilmoqçi ham emasmiz. Nima uçun? Axir heç kim Yevropa bilan qandaydir mojaro uçun asosimiz yöqligini öylab ham körmaydi. Barça masalalar Ikkinçi jahon uruşi natijalariga köra hal qilingan», – dedi Putin. U faqat Yevropa harbiy kontingenti Ukrainaga joylaştirilişigina «Rossiya bilan uruş»ni anglatişini qayd etgan.