Rossiya çempionatining 16-turida markaziy uçraşuv TsSKA va «Lokomotiv» örtasida ötkazildi. Moskvadagi «RJD Arena (Lokomotiv)» stadionida keçgan uçraşuvda jangovar durang qayd etildi - 2:2.

Öyinning 14-daqiqasida Anton Mirançuk Jyefferson Farfan bilan devor uslubida harakat qildi va Igor Akinfeyev bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib, u qöriqlayotgan darvozaning olis burçagini aniq nişonga oldi. Bölim davomida Vitino markazdan qoçib ketib, qulay vaziyatdan hisobni tenglaştirdi.

43-daqiqada Vitino qanotdan hujum uyuştirdi. Bu vaziyatda u bergan zarba darvozadan qaytgaç, töpni Alan Dzagoyev maydonda saqlab qoldi va uni darvoza sohasi tomon yölladi, darvozabon Anton Koçenkov xatoga yöl qöydi va töpni Bibras Natxoning oyoqlariga taşlab berdi - 1:2.

Ikkinçi bölim öta şiddatli va ehtiroslarga boy ötdi. Mehmonlar futbolçisi Xetag Xosonov Taras Mixalikka qarşi qöpollikdan keyin ikkinçi sariq kartoçkani oldi va maydondan çetlatildi.

Keyinroq vaziyatlardan birida Vernblyum Mirançukning yuziga tirsagi bilan zarba berdi, hakam sariq kartoçka bilan kifoyalandi.

Şunda maydon çetida ikki jamoa murabbiylari, Yuriy Syomin hamda Viktor Gonçarenko örtasida janjal kelib çiqdi.

75-daqiqada esa Farfan vyskoçil jarima maydoniga yorib kirdi, Viktor Vasin uni yiqitdi va penalti belgilandi. Manuel Fernandeş bergan zarbani esa Akinfeyev bartaraf etdi.

Öyin oxirida Fernandeş xatosini tuzatdi, Anton Mirançuk böş turgan Fernandeşni töp bilan ta'minladi, u bu safar osonlik bilan Akinfeyevni doğda qoldirdi - 2:2.

Endilikda «Lokomotiv» oçkolari sonini 33taga yetkazdi va turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirdi. «Armiyaçilar» esa 26 oçkosi bilan törtinçi örinda.

Rossiya çempionati
16-tur
Lokomotiv – TsSKA 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Mirançuk, 1:1 – 28 Vitino, 1:2 – 43 Natxo, 2:2 – 87 Fernandeş.
Lokomotiv – Koçenkov, Peyçinoviç, Kverkveliya, Rybus, Mirançuk, Mirançuk, Fernandeş, Denisov, Farfan, Ignatev, Mixalik (Kolomeytsev, 70).
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy, Vasin, ŞÇennikov, Nababkin, Dzagoyev (Milanov, 80), Xosonov, Vernblum, Natxo, Fernandes, Vitino (Jamaletdinov, 83).
Ogohlantirişlar: Xosonov (40), Berezutskiy (48), Vernblum (57), Rybus (62), Vasin (75).
Çetlatiş: Xosonov (49).