Farğonaning «Neftçi» klubi Özbekiston kubogi çorakfinal bosqiçidan ötolmadi.

Superliganing amaldagi çempioni va peşqadami öz maydonida kutilmaganda Toşkentning «Lokomotiv» klubiga 2:4 hisobida yutqazdi.

Barça gollar birinçi taymda urildi. Mezbonlar tarkibida Xurşid Ğiyosov va Abror Ismoilov, mehmonlar tarkibida Jasur Yaxşiboyev (2), Bilol Tupliyev va Diyor Turopov darvozani işğol etdi. Ikkinçi bölimda «Neftçi» katta ustunlikka ega bölsa-da, öyinda buriliş yasolmadi.

«Lokomotiv» endi yarimfinalda «Andijon» bilan kuç sinaşadi.

Yana bir yarimfinalda OKMK klubi «Navbahor» - «Ğazalkent» öyini ğolibi bilan töqnaş keladi.

Özbekiston Kubogi

1/4 final

20-oktabr

NEFTÇI - LOKOMOTIV 2:4

Gollar: Jasurbek Yaxşiboyev, 11 penalti (0:1), Bilol Tupliyev, 23 (0:2), Jasurbek Yaxşiboyev, 33 (0:3), Xurşid Ğiyosov, 36 (1:3), Diyorjon Turopov, 43 (1:4), Abror Ismoilov, 45+3 (2:4)

SÖĞDIONA - ANDIJON 1:2

Gollar: Petar Miçin, 59 avtogol (0:1), Martin Boakye, 80 (0:2), Sardor Jamolov, 84 (1:2)

OKMK - GULISTON 2:0

Gollar: Ivan Peşiç, 51 (1:0), Nodirbek Abdurazzoqov, 77 (2:0)

21-oktabr

NAVBAHOR - ĞAZALKENT