Milliy gvardiya vaziyatga yaqin ekanligidan kelib çiqib, mojaro tezda bartaraf etilgan. Içki işlar organlari tayanç punktida ötkazilgan suriştiruvda tomonlar bir-biriga nisbatan da’vosi yöqligini ma’lum qilgan.
“Mazkur holat Komissar tomonidan bayonlaştirilgan. Şundan kelib çiqib, Liga vaziyatni töliq örganiş maqsadida Assotsiatsiya qoşidagi Futbol faoliyatini nazorat qiliş böyiça maxsus inspeksiyaga rasmiy murojaat qildi. Ayni vaqtda inspeksiya mojaro iştirokçilari bilan suhbat ötkazib, Bunyodkor stadionida röy bergan holatni stadion kameralari tasvirlari, Komissar bildirgisi va albatta uçraşuv davomida röy bergan kiçik töqnaşuv va epizodlar yordamida örganmoqda. Örganiş işlari yakunlangaç, inspeksiya holatning kelib çiqiş sabablari va uning oqibatlari töliq bayonlaştirilgan materialni Ligaga taqdim etadi”, deyiladi Özbekiston PFL xabarida.
Qayd etilişiça, Liga tayyor materialni Tartib-intizom qömitasiga oşiradi va mojaroning har qanday iştirokçisi sportçilarga xos bölmagan harakatlari uçun tegişli tartibda jazolanişini ta’minlaydi.
2 aprel kuni bölib ötgan uçraşuvda “Bunyodkor” “Lokomotiv” ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozongandi.












