Janubiy Koreya hukumati duşanba kuni Şimoliy Koreya banklarining yuqori lavozimli 18 vakiliga qarşi sanksiyalar kiritiş qarori haqida e'lon qildi. "Ryonxap" agentligi şu haqida xabar berdi.
Agentlikning ta'kidlaşiça, gap KXDR taşqarisidagi Xitoy, Rossiya, Liviya kabi mamlakatlardagi banklar haqida ketmoqda.
"Bu odamlar KXDR banklarining xorijdagi vakillari bölib işlaşgan. Ular ommaviy qirğin qurolini işlab çiqiş uçun zarur pullarni olişga aloqadorlikda gumon qilinmoqda", - deydi Janubiy Koreya TIV vakili.
Bundan taşqari, Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe 6 noyabr kuni Şimoliy Koreyaga qarşi qöşimça sanksiyalar kiritiş rejasi haqida ma'lum qildi.
"Ertaga biz 35 taşkilot va jismoniy şaxs aktivlarining muzlatilişiga doir qaror qabul qilamiz", - dedi u AQŞ prezidenti Donald Trampning Yaponiyaga taşrifi davomida ötkazilgan qöşma matbuot konferensiyasi davomida.
Ta'kidlaş joizki, sanksiyalar KXDRda yadroviy qurol va ballistik raketa işlab çiqişga doir dastur ustidagi işlar davom etayotgani tufayli kiritilmoqda.












