«Barselona» klubi sobiq futbolçisi Karles Puyol Özbekistonga taşrifi davomida ötkazilgan matbuot anjumanida kelgusida Özbekiston terma jamoasini boşqarişi mumkinligini aytdi.

«Hozirça juda yoşman. Endi 40 yoşga kiryapman. Murabbiylik litsenziyasini hozirça olganim yöq. Şu bois murabbiy sifatida iş boşlaş haqida köp ham öylab körmadim.

Ammo kelgusida murabbiy sifatida iş boşlasam, balki Özbekiston terma jamoasini ham boşqarişim mumkin. Buni vaqt körsatadi», degan Puyol.

Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasini vaqtinçalik boş murabbiy sifatida Röziqul Berdiyev boşqarmoqda. ÖFF doimiy iş uçun faqat xorijdan murabbiy olib kelinişini ma'lum qilgan.