10 noyabr kuni Samarqand şahrida taşkil etilgan «Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» nomli xalqaro konferensiya birinçi iş kunini yakunlaş arafasida turibdi. Unda iştirok etayotgan Qirğiziston Taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev «mintaqa xalqlarini bitta din, e'tiqod, madaniyat va tarix birlaştirib turgani»ni ta'kidlab ötdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, vazir qadim ötmişdan Markaziy Osiyo hududida rivojlanib kelgan savdo-iqtisodiy hamkorlik va yöllarga töxtalib ötib, uni zamonaviy körinişda qayta tiklaşga umid bildirgan.

«Ötgan yaqin haftada Qirğizistonda demokratik tamoyillarga mos prezidentlik saylovi bölib ötdi. Endilikda hukumat 2040 yilgaça möljallangan harakatlar strategiyasi körinişidagi davlat dasturini qabul qilişga tayyorgarlik körmoqda. Unda yuqori texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda elektron hukumat loyihasini amaliyotda joriy qilişni rejalaştirganmiz. Har bir közlagan maqsadimiz, loyihamizning markazida inson omili turibdi, uning huquqlari, xavfsizligi va erkinligi.

Mintaqa davlatlarining iqtisodiy rivojlanişi esa ularning özaro hamkorligiga boğliq ekani köp bor takrorlandi. Ammo mamlakatlar orasida çegara nazorati, savdo-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solişda haligaça murakkab masalalar yeçilmay qolayotgani rost. Şu bilan birgalikda, mamlakatlarning iqtisodiy qudrati töliq namoyon bölmadi. Qozoğiston bilan Qirğiziston çegarasida nazoratni sun'iy oşiriş tovar-ayirboşlaş uçun yaratilgan platformani nosoğlom holga olib kelmoqda», deb fikr bildirdi vazir.

Vazir şu örinda Özbekiston va Qirğiziston çegaralarini demilitatsiya etiş böyiça tuzilgan işçi guruhning faoliyatiga baho berib, bu tarixiy natijani qölga kiritiş uçun qöyilgan qadam, deya e'tirof etdi.