Qirğizistonning Janubiy Koreyadagi elçisining şov-şuvli bayonoti ortidan mamlakat Taşqi işlar vaziri Erlan Abdildayev iste'foga çiqdi.

Erlan Abdildayev
© Sputnik / Bolat Şayxinov

Şu kunlarda Qirğiziston xavfsizlik kengaşi Taşqi işlar vazirligida röy bergan qoidabuzarliklar böyiça tekşiruvning dastlabki natijalarini e'lon qilgandi. Unga köra, vazirlikning kadrlar siyosatidagi tartibsizliklar, şuningdek, doimiy ravişda ma'lumotlar sizib çiqişi aniqlangani qayd etilgandi.

«6 yil davomida Qirğiziston Taşqi işlar vaziri bölib işladim. Endi öz xohişimga köra iste'fo berdim. Davlat rahbari iste'fomni qabul qildi», deyiladi Erkin Abdullayevning TIV matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan bayonotida.

Respublika matbuot xizmati ham prezident iste'fo qabul qilinganini tasdiqlagan.

Qirğiziston Taşqi işlar vazirligida bir-birini foş qilişlar 23 sentabr kuni Qirğiziston mehnat va ijtimoiy rivojlaniş vaziri örinbosari Zuurakan Kadenova mast holatda «Eyr Astana» Seul-Olmaota reysida janjal keltirib çiqargaç, işdan böşatilişi ortidan boşlanib ketdi.

Foto: Tengrinews.kz

Yuqori lavozimli amaldor bort kuzatuvçilar bilan janjallaşib, ularga diplomatik pasportini körsatgan, oqibatda ekipaj sardori ayolni reysdan olişga qaror qilgandi. 

Kadenova zudlik bilan işdan olinganiga qaramasdan, parlament deputatlari vazirlik rahbariyati vakillarining mamlakatdan taşqariga köpdan-köp safarlariga e'tibor qaratişdi. 2018 yil boşidan buyon Qirğiziston mehnat va ijtimoiy rivojlaniş vaziri va uning ikki örinbosari xorijga jami 26 marta safar qilişgan. Yakunda vazirlik rahbariyatining barça vakillari lavozimini yöqotdi.

24 sentabr kuni Qirğizistonning Seuldagi elçisi Qiliçbek Sulton Bişkekda matbuot anjumani ötkazib, vazir örinbosari bilan boğliq voqea tafsilotlarini ma'lum qildi. U Qirğiziston prezidenti ma'muriyatidan qönğiroq qilişib, mazkur voqea haqida gapirmaslikni talab qilişganini aytgan. Şuningdek, Qiliçbek Sulton Taşqi işlar vazirligi rahbariyati va Qirğizistonning Malayziyadagi elçixonasi xodimlari 2015-2016 yillarda qator qonunbuzilişlarga yöl qöyişganini ma'lum qilgan.

Qiliçbek Sulton
Foto: 24.kg

Qirğiziston TIV Qiliçbek Sulton yana bir bor davlat xizmatçilarining özini tutiş tartibini nazorat qiluvçi qonunçilik me'yorlarini va diplomatik axloq me'yorlarini buzganini ta'kidladi. Vazirlik şuningdek, elçining özi xizmat vazifasida qonunçilikni buzgani haqida ma'lumotlar borligini, ular tekşirib çiqilib tegişli organlarga topşirilişini bildirdi.

Qirğiziston Xavfsizlik kengaşi ötkazgan tekşiruvlarda TIV kadrlar siyosati öta zaif ekani va doimiy ravişda ma'lumotlar sizib çiqişi kuzatilgani aniqlangan.