Turkiya havo hujumiga qarşi mudofaa (HHQM) tizimini yaratiş sohasida Fransiya va Italiya bilan hamkorlik qilgan holda özining şunday tizimlarini yaratmoqçi. Bu haqda Turkiya mudofaa vaziri Nuriddin Janikli ma'lum qildi. 

Bryusselda NATO davlatlari mudofaa vazirlarining uçraşuvi doirasida bu uç davlat örtasida HHQM sohasida memorandum imzolandi. Turk OAV xabar berişiça, uşbu kelişuv Eurosam konsorsiumining yangi avloddagi SAMP-T HHQM tizimini birgalikda işlab çiqariş va Turkiyaga yetkazib berişni nazarda tutadi. Bu tizim qisqa muddatli istiqbolda Turkiya ehtiyojlariga töğri keladi.

“Rossiyaning S-400 tizimlari bilan bir qatorda, Fransiya va Italiya bilan SAMP-T raketa majmuasini birgalikda işlab çiqmoqçimiz. Şu tariqa, biz bu sohadagi kamçiliklarni töliqroq bartaraf etişimiz mumkin. Bu loyiha mahalliy HHQM tizimini yaratişga katta hissa qöşadi”, deb aytdi Janikli Bryusseldagi matbuot anjumanda.

Qayd etiş joizki, Moskva va Anqara Rossiyaning S-400 tizimlarini Turkiyaga yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişgan va şartnoma imzolagan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ta'kidlaşiça, Anqara bu majmualar uçun birinçi tölovni amalga oşirgan.