Şimoliy Koreya delegatsiyasining oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga berilgan maktubida Pxenyanning AQŞga zarba berişga tayyorligi haqida sözlangan. Bu haqda nomi aytilmagan manbaga iqtibos keltirgan holda “RIA “Novosti” axborot agentligi xabar qildi.   

“Vladimir Putin nomiga yozilgan va Federatsiya kengaşi spikeri Valentina Matviyenko orqali berilgan xatda Pxenyanning AQŞga yadroviy zarba berişga tayyorligi aytilgan. Bu xat mazmuni AQŞga yetkazilgan, şundan keyin Vaşingtonning Şimoliy Koreya böyiça pozitsiyasi özgargan”, deb aytgan manba.

Oktyabrda Şimoliy Koreya vakili Matviyenkoga Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inning Putinga yozgan xatini topşirgan. Matviyenko bu Şimoliy Koreya yetakçisining Donald Trampning BMTdagi nutqiga tabiiy munosabati bölgani va unda “heç qanday olamşumul narsa yöqligini” aytgan.