15 noyabrda Singapur metrosida ikki poyezdning töqnaşib ketişi oqibatida 26 yölovçi va metroning ikki xodimi örta va yengil jarohatlar olişdi.

Voqea ertalab Joo Koon stansiyasida yuz bergan, deb xabar bermoqda Straits Times naşri. Poyezdda nosozlik aniqlangandan keyin u töxtatilgan va undan yölovçilar tuşirilgan.

Foto: JONATHAN CHEW

Bir daqiqadan keyin nosoz poyezddan bir neça metr narida tunnelda uning ortidan kelayotgan poyezd töxtagan. Ikkinçi poyezdda 500 ga yaqin yölovçi bölgan. Biroq bir neça soniyadan keyin bu poyezd noma'lum sabablarga köra yurib ketib, oldida turgan poyezdga urilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, avariyaga poyezdlar orasidagi masofani nazorat qiliş avtomatik tizimidagi nosozlik sabab bölgan. Voqea oqibatida heç kim jiddiy jabrlanmagan. Mahalliy mutasaddilar voqeani taftiş qilişni boşlaşgan.