Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi ötkazilayotgani xabar berilgandi. Unda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasidagi hamkorlik, bu borada amalga oşirilgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.

Videoselektor yiğilişida iştirok etgan KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, prezident Farğona viloyati Farğona tumani Yordon qişloğida qaynonasini urib öldirgan qotil kelin masalasiga katta urğu berdi. 

"Nega birorta maqola öqimadim, nega çiqişlar qilinmadi. Men sizlarga har videoselektorda tayyor mavzu aytayapman. Jamoatçilik, mutasaddilar bu mavzularni naşrlarda kötarib çiqmayapti. Nahotki, özbek oilasida kelin öz qaynonasining qotiliga aylansa", - dedi davlat rahbari. 

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev mahallalar kesimida sodir etilgan jinoyatlarga töxtaldi. Toşkent viloyatida mavjud 1600ta mahallaning 931 tasida jinoyat sodir etilgan. Qayd etilişiça, bu eng yuqori körsatkiç. Samarqand viloyatining 1889 mahallasidan 996 tasida. Jizzax viloyatining 80 foiz mahallasida jinoyat sodir etilgani aytildi.