Çilonzor tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan, odam savdosi jinoyati böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Jumladan, 2017 yilning 27 sentabr kuni, muqaddam sudlangan M.B. fuqarolar N.O., N.B. va M.N.larni Rossiya Federatsiyasida fohişalik bilan şuğullanib, katta miqdordagi daromad oliş bilan qiziqtirib, ularni Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasidan olib ötgan holda Rossiya Federatsiyasiga fohişa sifatida işlatiş maqsadida yubormoqçi bölgan vaqtida, huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan Toşkent xalqaro aeroportida uşlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (odam savdosi, ya'ni ikki yoki undan ortiq şaxslarni ulardan foydalaniş maqsadida yollaş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan. 

Ötkazilgan dastlabki tergov davomida M.B. körsatib ötilgan ayollardan taşqari fuqarolar M.Yu., Ş.M., G.M., D.M. va I.R.larni ham fohişa sifatida işlatişlik uçun Rossiya Federatsiyasiga yuborganligi aniqlangan. 

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, M.B.ning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.