Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S9 modelida ekran tomonlarini 9:18,5 nisbatda saqlab qoladi, biroq ekran çetidagi hoşiya qalinligini kamaytiradi. Şuningdek, yangi smartfonda avvalgi modeldagi dizayn sezilarli özgarişlarsiz takrorlanadi. Qurilma Samsunğning özi işlab çiqargan Exynos 9810 yoki Snapdragon 845 (AQŞ uçun versiyasida) protsessorida işlaydi. 

Foto: hi-tech.mail.ru

Galaxy S9’da asosiy kamera sifatida ikkita yonma-yon turuvçi kamera moduli tatbiq qilinadi. Kameralar soniyasiga ming kadr tezlik bilan sekin suratga oliş imkonini beradi. Yaqinda kompaniya ikkita yangi sensorni taqdim qilgandi va ulardan biri yangi smartfonda tatbiq qilinişi mumkin. Şu tariqa, S9 öz sinfida eng yaxşi kameraga ega smartfonga aylanişi mumkin.

Ma'lum qilinişiça, Galaxy S9 Barselonadagi navbatdagi Mobile World Congress körgazmasida namoyiş qilinadi. Bunga köra, u 25 fevralgaça taqdim qilinişini aytiş mumkin. Galaxy S8 aprelda taqdim qilingandi. Şu bilan birga smartfonning “uç qatlamli” laminatsiyalangan kamera moduli hisobiga uning narxi 60-90 dollarga qimmatlaşişi mumkin, deb yozmoqda Business Korea naşri.