Loyiha Berlinning Kotbusser-Tor maydonida 2026-yil avgust oyida sunʼiy intellektga asoslangan videokuzatuv tizimidan foydalaniş böyiça pilot loyiha boşlanganidan keyin işlab çiqilgan.
Köylakning vazifasi insonni oddiy kamera uçun körinmas qiliş emas, balki kamera tasvirini tahlil qiladigan sunʼiy intellekt algoritmini çalğitişdan iborat.
Dizaynerning tuşuntirişiça, kompyuter körişi tizimi inson nima ekanini odam kabi «tuşunmaydi». Algoritm millionlab tasvirlar asosida insonga xos statistik vizual belgilarni aniqlaşni örganadi.
Tasvirni qayta işlaşning dastlabki bosqiçlarida neyrotarmoq konturlar, kontrast va teksturadagi özgarişlarni tahlil qiladi. Keyingi bosqiçlarda esa inson qomatiga xos belgilar - boş va yelka silueti, qöl-oyoqlarning tanaga nisbatan proporsiyasi hamda tana konturining yaxlitligini aniqlaşga harakat qiladi.
Vekkert aynan şu xususiyatdan foydalangan.
Naqş algoritm uçun «vizual şovqin» hosil qiladi
«Raqamli kamuflyaj»da yorqin ranglar va bir-birini kesib ötuvçi geometrik şakllar qöllangan. Ular kompyuter körişi tizimi uçun öziga xos «vizual şovqin» hosil qilib, tasvirdagi alohida qismlarni insonning yaxlit silueti sifatida birlaştirişni qiyinlaştirişga möljallangan.

«Gap ham rangda, ham naqşda. Ammo ularning heç biri alohida holda işlamaydi - muhimi ularning özaro boğliqligi. U inson köziga emas, maşinaning tasvirni qabul qilişiga moslaştirilgan», - deya tuşuntirgan dizayner.
Yorqin rang ötişlari neyrotarmoqning tasvirni dastlabki tahlil qiluvçi qatlamlariga taʼsir qilsa, ustma-ust tuşadigan şakllar inson tanasi konturining yaxlitligini buzişga möljallangan. Natijada algoritm kamera qarşisida aynan inson turganini aniqlaşda qiynalişi mumkin.
Odam közi uçun esa bu oddiy bölmagan, yorqin va abstrakt tekstil naqşi bölib körinadi.












