Xabarda qayd etilişiça, bu çora jamoat transportiga ustuvorlik beriş va ajratilgan yölaklardan foydalaniş qoidalariga rioya etilişini taʼminlaşga qaratilgan.
Poytaxtning boşqa köçalaridagi avtobus yölaklarida ham nazorat kameralari bosqiçma-bosqiç işga tuşirilmoqda. Şu bilan birga, yangi BRT yölaklari barpo etilib, jamoat transporti uçun ajratilgan yölaklar tarmoği kengaytirilmoqda.
Xabarda avtobus yölagini band qiliş önlab yölovçilarning keçikişiga sabab bölişi taʼkidlangan. Bitta avtobusda bir vaqtning özida 50 nafardan ortiq yölovçi bölişi mumkin. Avtomobil uning harakatiga tösqinlik qilsa, işga, öqişga yoki boşqa manzilga ketayotgan yölovçilar vaqt yöqotadi.
Ajratilgan yölaklar avtobuslarning ortiqça keçikişlarsiz harakatlanişi va qatnov jadvaliga rioya qilişini taʼminlaş uçun möljallangan.
Xabarda eslatilişiça, soat 06:00 dan 23:00 gaça «A» yölaklarda harakatlaniş huquqiga ega bölmagan transport vositalarining uşbu yölaklarda yurişi taqiqlanadi.
Haydovçilardan yöl belgilari va çiziqlari talablariga rioya qiliş, taqiqlangan vaqtlarda avtobus yölaklarini band qilmaslik söralgan.












