Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifi mobaynida özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning kengaytirilişiga qaratilgan bir neçta muhim kelişuvlarga erişildi. Bu haqda Taşqi savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi va Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi tomonidan erkin savdo zonasi yaratiş imkoniyati muhokama qilindi va ikki davlat bozorlariga imtiyozli kirişni ta'minlaşning zarurligi böyiça prinsipial kelişuvlar amalga oşirildi.
Bu borada vazirliklar rahbarlari tomonidan şu yil oxirigaça Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi imtiyozli savdo-sotiq töğrisida ikki tomonlama Kelişuv tayyorlanişi böyiça Qöşma işçi guruhining birinçi uçraşuvini ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi.

Taşrif doirasida ikki mamlakat hukumatlari örtasida Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga qabul qilinişida, xususan, mazkur taşkilotga a'zo bölişning natijasini baholaş, milliy qonunçilikning JST kelişuvlari talablariga mosligi ekspertizasi hamda texnik, konsultativ va manfaatdor vazirlik va taşkilotlarga mutaxassislar kömagini beriş yöllari orqali Koreya Respublikasining qöllab-quvvatlaşi böyiça memorandum va Yöl xaritasi imzolandi.
Özbekistonda taşqi savdodagi hamkorlikning ilğor şakllarini joriy etiş, taşqi savdo operatsiyalarini ötkaziş va eksportni rağbatlantiriş bilan boğliq tartib-qoidalarning yengillaştirilişi maqsadida tomonlar ilğor koreys tajribasi asosida Özbekiston Respublikasi elektron savdo Milliy platformasini yaratiş töğrisida kelişuvga erişdilar va mazkur şartnoma ijrosining amalda tatbiq qilinişi böyiça muvofiq Yöl xaritasi tasdiqlandi.
«Öztreyd» AJ KITA Koreys xalqaro savdo assotsiatsiyasi va KTNET bilan Özbekiston Respublikasida elektron savdoni rivojlantiriş yuzasidan hamkorlikdagi faoliyatni taşkil etiş böyiça kelişuvga erişilib, memorandum imzolandi.

Koreys bozoriga yuqori qöşimça qiymatli mahsulotlar eksporti hajmini oşiriş maqsadida Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) va Koreya nodir metallar instituti bilan Özbekiston Respublikasida Nodir metallar va qotişmalar ilmiy-tadqiqot Markaziga asos soliş böyiça şartnoma tuzildi.
Mazkur şartnoma sanoat işlab çiqariş, eksport salohiyatini kengaytirişda yuqori texnologiyalar va ilğor koreys tajribasini joriy etişga yönaltirilgan ikki tomonlama muzokaralarning mantiqiy davomi böldi. Koreya savdo, sanoat va energetika vazirligi bilan hamkorlikda Toşkentda Töqimaçilik öquv-tadqiqot texnoparki foydalanişga topşirilgan, şu yilning iyul oyida esa Qişloq xöjaligi maşinasozligini rivojlantiriş böyiça Özbek-Koreys markaziga asos soliş böyiça qaror qabul qilingandi.
Ikki taraflama tovar almaşinuvi hajmini oşiriş va bozorlarimizdagi talabgir mahsulotlarning tizimli yetkazilişini taşkillaştiriş maqsadida korxonalarimiz tomonidan işlab çiqariladigan mahsulotlar namoyişi uçun doimiy faoliyat körsatuvçi «şou-rumlar»ga ega savdo uylarini oçiş borasida ham kelişuvlarga erişildi. Mazkur taşabbusning amaldagi isboti sifatida, «Öztreyd» AJ tomonidan koreys hamkorlar bilan birgalikda Koreyadagi birinçi özbek-koreys savdo uyini taşkil etiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Şuningdek bir qator hamkorlikdagi eksportga möljallangan korxonalar tuzilişi böyiça ham şartnomalarga erişildi, jumladan:
- Hwachon Plant-Gemco - «Foton» DIIK (davlat ilmiy-işlab çiqariş korxonasi) hududida qimmatbaho zeb-ziynat buyumlari işlab çiqarilişi böyiça;
- AVID Co. Ltd. - Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Olmaliq toğ-kon metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda qimmatbaho zeb-ziynat buyumlari va soatlar işlab çiqarilişini taşkil etiş böyiça;
- Seoul Jewelry Industry Cooperative - «Asaka» banki bilan hamkorlikda qimmatbaho zeb-ziynat buyumlari va soatlar işlab çiqarilişini taşkil etiş böyiça;
- Samsung Steel Co. - «Özoziqovqatsanoatxolding» bilan hamkorlikda issiqxonalar işlab çiqarilişi böyiça;
Issiqxona işlab çiqaruvçilari Konsortsiumi va K&G Plus kompaniyasi örtasida issiqxonalar işlab çiqariş va quriş sohasida hamkorlik böyiça kelişuvga erişildi.
Taşrif doirasida ötkazilgan Özbek-Koreys biznes-forumining amaliy natijasi sifatida mamlakatlarimiz korxonalari örtasida sarxil va qayta işlangan sabzavotçilik, töqimaçilik va çarm mahsulotlari, mis va boşqa tovarlarni öz içiga olgan 230 mln. dollardan ziyodroq qiymatdagi mahsulotlarning yetkazib berilişini közda tutuvçi önlab eksport şartnomalari imzolanganini keltirib ötiş maqsadga muvofiqdir. Koreyaga uran yetkazib berilişi böyiça uzoq muddatli şartnoma tuzildi.
Özbek sabzavotçilik va töqimaçilik mahsulotlarini koreys bozoriga yetkazib beriş tizimini şakllantiriş masalalari böyiça samarali muzokaralar ötkazildi, Özbekiston Respublikasi hududida Korea Trade Network Co. Ltd., CJ Freshway, Heakwang, CIELIE Co. va boşqa qator şu kabi katta logistika markazlarini yaratiş böyiça aniq rejalar muhokama qilindi.
Korean Air kompaniyasi bilan transport va logistika sohasi, şu jumladan, «Navoiy» aeroporti bazasidagi xalqaro intermodal logistika markazining kelajakdagi rivojlanişi va mamlakatlarimiz örtasida tovar almaşinuvining oşişida uning imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça qöşimça vazifalar muhokama qilindi.











