Özbekiston Respublikasi prezident Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga rasmiy taşrifi çoğida ikki mamlakat vakillari örtasida turli darajadagi şartnoma va memorandumlar imzolandi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Hayitov va Koreya Respublikasi Inson resurslarini boşqariş vaziri Kim Pan Su örtasida vazirliklararo hamkorlik memorandumi imzolangan.

Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Koreya Respublikasi Adliya vaziri örinbosari Li Kyu Ro ikki mamlakat Adliya vazirliklari örtasidagi hamkorlik memorandumini imzoladi. Şuningdek, Abdulaziz Komilov va Koreya Respublikasi Taşqi işlar vaziri Kan Kyu Xva örtasida vazirlikararo 2018-2020 yillarga möljallangan hamkorlik dasturini imzolagan.
Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyev va Koreya Respublikasi Savdo-sanoat va energetika vaziri Pek Myun Gyu örtasida Özbekistonda milliy elektron savdo platformasini joriy qiliş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitimi hamda Özbekistonning Butunjahon savdo taşkilotiga qöşilişi böyiça hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi.
Bundan taşqari Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Koreya Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Strategiya va moliya vaziri Kim Don Yo Bilimlar almaşinuvi dasturi böyiça anglaşuv memorandumini imzoladi.
Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Jamşid Qöçqorov va Koreya Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Strategiya va moliya vaziri Kim Don Yo ikki mamlakat örtasida 2018-2020 yillarda iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamğarmasi kreditlari böyiça kelişuvni, moliyaviy hamkorlik töğrisidagi kelişuvni imzolaşdi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Je In ikki davlat örtasidagi strategik şerikçilik aloqalarini har tomonlama çuqurlaştiriş böyiça qöşma bayonotni imzoladi.











