Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga davlat taşrifi doirasida Koreya Respublikasi boş vaziri Li Nak Yon bilan uçraşdi. 

Özbekiston va Koreya Respublikalari hamkorligi sönggi yillarda keng kölam kasb etdi. Davlat rahbarining Janubiy Koreyaga davlat taşrifi davomida savdo, yoqilği-energetika, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, avtomobilsozlik, toğ-kon sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, qişloq xöjaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta'lim va madaniyat kabi köplab sohalarda kelişuvlarga erişildi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Boş vaziri Li Nak Yon bilan uçraşuvda erişilgan mazkur kelişuvlarni amaliyotga izçil tatbiq qiliş, yangi loyihalar ustida hamkorlik aloqalarini yanada takomillaştiriş masalalarini muhokama qildi.