Turkiya Yaqin Şarqdagi jangovar harakatlar davomida IŞIDning 4 mingdan köproq jangarisini yöq qilgan. Bu haqda Turkiya taşqi işlar vazirligi Mavlud Çovuşöğlu ma'lum qildi.  

“Bu uruş boşlangandan beri milliondan köproq odamni öldirgan Başar Asad tuzumini tanqid qilib kelamiz... Biroq biz ixtilofning biror-bir yeçimiga qarşi çiqmaganmiz, aksinça uni qöllab-quvvatlaganmiz”, deb aytdi Çovuşöğlu Rimda jurnalistlarga. Çovuşöğlu bu yerda Italiya-Turkiya iqtisodiy forumida iştirok etgan.

U Turkiya “Suriya döstlari guruhi” va IŞIDga qarşi kuraşuvçi xalqaro koalitsiya a'zosi ekanligini eslatib ötdi.

“IŞID jangarilarini Turkiyadan köra heç kim köproq yöq qilmagan: Suriya va Iroqda 4 mingdan köproq jangari yöq qilingan. Bundan taşqari, xorijdagi jangovar harakatlarda iştirok etgan 5 ming jangari Turkiyadan çiqarib yuborilgan, 3 ming terrorçi qamalgan”, deb ta'kidlab ötgan Turkiya taşqi işlar vaziri.  

Uning aytişiça, Anqara uzoq vaqtdan beri Suriyadagi muxolif guruhlarni Jyenevadagi Suriyaaro muzokaralarda iştirok etişga undamoqda, biroq bu jarayon Suriyaning tayyormasligi sabab natija keltirmayapti.

“Jyenevada ular özaro kelişib olişlari lozim”, deb qöşimça qildi Çovuşöğlu.