Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In hamrohligida Seul şahridagi Janubiy Koreya Milliy muzeyiga taşrif buyurdi. Koreya prezidenti matbuot xizmati uşbu taşrif suratlarini taqdim etdi.

Mazkur muzey Janubiy Koreyaning eng yirik tarixiy va madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. 1945 yil asos solingan muzey uçun 2005 yil öziga xos me'moriy yeçimga ega zamonaviy bino barpo etilgan.

Osiyoda eng yirik, deya e'tirof etiladigan uşbu muzey kölami jihatidan dunyoda oltinçi örinda turadi. Muzeyda 220 mingdan ortiq tarixiy, badiiy, arxeologik va boşqa eksponatlar mavjud.

Şavkat Mirziyoyev muzey bölimlari va eksponatlari bilan tanişdi. Madaniy-gumanitar sohada ikki mamlakat örtasidagi aloqalarni yanada kengaytiriş yuzasidan kelişib olingan.