Ziroat Mirziyoyeva prezident Şavkat Mirziyoyevning Turkiyaga taşrifi doirasida BMTning Iqlim özgarişi böyiça hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida ötkazilgan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi.

Tadbirda «Nol çiqindi» (Zero Waste) Global alyansi taşkil etilgani eʼlon qilindi. Yangi tuzilma tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, çiqindilarni kamaytiriş va ekologik barqarorlikni taʼminlaş yölida xalqaro hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan.

Uçraşuvda sözga çiqqan Ziroat Mirziyoyeva Turkiya birinçi xonimi Amina Erdöğanga taklif va samimiy mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirdi. Şuningdek, uning «Nol çiqindi» taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşayotgan şaxsiy hissasini eʼtirof etdi.

Özbekiston birinçi xonimi Global alyansning taşkil etilişini qöllab-quvvatlab, uning doirasida bir qator taşabbuslarni amalga oşirişni taklif qildi.

Xususan, ekologik taʼlimni rivojlantiriş, yoşlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ularni amaliyotga tatbiq etişga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etilişiça, «Nol çiqindi» Global alyansi davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslarni asraş va çiqindilarni kamaytiriş borasidagi saʼy-harakatlarini muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.