Hindistondagi Mumbay xalqaro aeroportida yangi jahon rekordi örnatildi: juma, 24 noyabr kuni aeroportga 969 ta samolyot qöndi va u yerdan parvoz qildi, deb xabar bermoqda Times of India aeroport vakiliga tayangan holda.

Şu tariqa, avvalgi jahon rekordi yangilandi, u ham şu aeroportda örnatilgandi, - 24 soat içida 935 ta reys.

Aeroportda ikki uçiş-qöniş yölagi bor, biroq ular özaro tutaşişi tufayli, ulardan bir vaqtda foydalaniş imkonsiz. Ya'ni u bitta UQYga ega aeroportlar turkumiga kiradi.

Biroq aeroportga bir soatning içida taxminan 50 samolyot qönadi hamda bu yerdan parvoz qiladi. Ba'zida 10 daqiqa içida 10 ta reys ham amalga oşiriladi.

Garçi aeroportning odatiy iş jadvali – sutkasiga taxminan 900 ta reys bölsa-da, juma kungi rekord çarterlar va xususiy samolyotlardagi parvozlar tufayli röy berdi.