Samarqand şahrida "Markaziy harbiy okrug qöşinlari oldiga qöyilgan maqsad va vazifalarni bajarişda serjantlar tarkibining tutgan örni va roli" mavzusida Serjantlar forumi ötkazildi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Bugun askarlarning ustozi, ofitserlarning birinçi yordamçisi, milliy armiyamizning tayanç ustunlari bölmiş serjantlar zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, yuksak intellektual salohiyat sohibi bölibgina qolmay, eng avvalo, zamonaviy, ixçam va professional milliy armiyamizning özagini taşkil etuvçi harbiy xizmatçilar sanalişadi.

Tadbirda Samarqand viloyati xokimi Turobjon Jörayev, Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Aybek Saidov, senator, Özbekiston xalq şoiri, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi raisi Iqboljon Mirzaaliyev va kengaş a'zosi, taniqli kinorejissyor Hilol Nasimov, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengaşi raisi Rustam Qobilov va boşqalar forum iştirokçilariga şarafli harbiy xizmatda va mas'uliyatli vazifalarini bajarişda muvaffaqiyatlar tilaşdi.

Forum doirasida harbiy xizmatçilarga Mudofaaga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotining Samarqand viloyat kengaşi tomonidan turli-tuman texnika maketlari hamda Samarqand viloyat Hunarmandlar uyuşmasining naqqoşlik va miniatyura san'ati namunalari namoyiş etildi. Ayniqsa, “Kitoblar olami” savdo majmuasi tomonidan taşkil qilingan jahon va özbek hamda bolalar adabiyotini qamrab olgan kitoblar rastasi iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi.

Forumning ikkinçi yarmida iştirokçilar Samarqand şahrida joylaşgan tarixiy obidalarni ziyorat qilişdi, şundan söng Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat Musiqali drama teatrida “Imon” spektaklini tomoşa qilişdi.