Rossiyaning Kaliningradida yaşovçi 27 yoşli erkak yonib ketgan BMW avtomobilining kuzovi öğirlab ketilgani yuzasidan politsiyaga murojaat qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda. Jabrlanuvçining aytişiça, bu voqea öt öçiruvçilar uning yonib ketgan maşinasini öçirişgandan 20 daqiqa ötib sodir bölgan.
Politsiya yonib kul bölgan maşina öğrisini qaynoq izlar böyiça topdi. Aniqlanişiça, 37 yoşli retsidivist köçada hali tutaşda davom etayotgan maşinaga közi tuşib, temir-tersak qabul qiliş punktiga uni topşiriş taklifi bilan murojaat qilgan.
U maşinaning egasi ekanligini, maşina hujjatlari yonğin vaqtida yonib ketganini aytgan.
Temir-tersak qabul qiliş punkti xodimlari yonğin joyiga tezda yetib kelişib, erkakka 30 ming rubl tölab, kuzovni olib ketişgan.
Ta'kidlanişiça, gumonlanuvçiga nisbatan “Öğrilik” moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan. U “uddaburonligi” uçun 5 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.











